Yulduz turkumi
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ushbu maqolani Yulduz turkumlari bilan birlashtirish taklif etiladi. |
Zamonaviy astronomiyada yulduz turkumi deb osmon sferasining xalqaro aniqlangan sohasiga aytiladi. Ushbu sohalar asterizmlar, yaʼni Yer tungi osmonida bir-biriga sezilarli yaqin joylashgan yorqin yulduzlar hosil etgan shakllar atrofida toʻplangan.
1922-yildan beri Xalqaro Astronomiya Ittifoqi belgilagan jami 88 ta yulduz turkumi mavjud. Aksariyati Ptolemey oʻzining Almagestida (II asr) belgilagan 48 turkumga aloqador. XVII va XVIII asrlarda janubiy yarimshar osmonidagilar aniqlangan.
Shuningdek XAI tan olmagan sobiq, tarixiy turkumlar ham mavjud. Ular astrologiyada tan olingan.
|