Bosh Sahifa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Har kim yoza oladigan
ochiq ensiklopediya

Maqola yarating


  Tanlangan maqola
Uygʻurcha palov

Palov yoki osh — asosan turkiy va eroniy xalqlar, shuningdek Osiyoning boshqa mamlakatlarida keng tarqalgan taom.

Masalligʻi va tayyorlanish uslubi boʻyicha xilma-xil turlarga boʻlinadi va har bir mamlakatda oʻzagcha tarzda tayyorlanadi. Taom asosini guruch tashkil etadi. Ushbu masalliqdan tashqari yogʻ, goʻsht, sabzi, piyoz va boshqa masalliqlardan tashkil topgan. Palov tayyorlanish va tarqalish boʻyicha asosan Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharq xalqlari orasida ommabop hisoblanadi. Jumladan Oʻzbekistonda oʻzbekcha palov oʻzbek oshxonasining eng asosiy taomlaridan biri hisoblanib, har bir xonadonda, toʻy-hashamlarda va dunyoning boshqa davlatlarida sevib isteʼmol qilinadi.

Ushbu taom juda ham qadimgi taomlardan biri boʻlib, kelib chiqish payti va joyi aniqlanishi qiyin hisoblanadi. Baʼzi manbalarga koʻra, palovning tayyorlash uslubi eramizdan avvalgi II—III-asrlarda qadimgi Yaqin Sharq, Oʻrta Osiyo va Hindiston yarim orolida tashkil topib kelgan. Aynan oʻsha paytda Osiyoda guruch yetishtirish ishi rivojlanishni boshlagan…

davomi...

  Yaxshi maqola
Donald Trump March 2015.jpg

Donald Trump (talaffuzi: Donald Tramp; 14-iyun, 1946-yil, Nyu-York, AQSH) — mashhur tadbirkor, milliarder, teleboshlovchi, yozuvchi, jamoat arbobi hamda AQSHning 45-prezidenti. Qurilish ishlari bilan faoliyat yuritadigan Trump Organization shirkati hamda qimorxonalar ishini boshqaruvchi, shuningdek, turli xil biznes tarmoqlarini oʻz ichiga olgan Trump Entertainment Resorts kompaniyasi asoschisi, NBC telekanalining egasi. Tramp oʻzining noodatiy hayot tarzi, muomala madaniyati, shuningdek, „Shogird“ (ingl. The Apprentice) deb ataluvchi teleshousi orqali dunyoga mashhur. Forbes jurnalining dunyoning eng badavlat kishilari roʻyxatida Tramp 1980-yillar oxirida paydo boʻldi. Hozirda Tramp 7 milliard dollar boyligi bilan dunyo boylari ichida 230-oʻrinda turadi. 2010-yilda Tramp ilk bor 2012-yildagi AQSH prezidenti saylovida prezidentlik lavozimiga nomzod boʻldi, biroq magʻlubiyatga uchradi. 2008-yildagi prezidentlik saylovida u respublikachi John McCainni quvvatlagan edi, biroq McCain Barack Obamaga yutqazib qoʻygandi.

davomi...

Yangiliklar
Bilasizmi,…
Salvador Dalí


Bugun18-yanvar
Центральная площадь Лимы


Tanlangan tasvir
Africa and Europe from a Million Miles Away.png
Yer sharining 1,5 million kilometr uzoqlikdan olingan tasviri
(Afrika, Gʻarbiy Osiyo va Janubiy Yevropalar koʻrinib turibdi)
Vikipediyalar
Turkiy tillardagi Vikipediyalar
Qardosh loyihalar

Vikipediya Vikimedia Jamgʻarmasi notijorat tashkiloti tomonidan yaratilgan boʻlib, ushbu tashkilot yana quyidagi ochiq loyihalarni boshqaradi: