Andorra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andorra Qirolligi
Andorra davlat bayrogʻi   Andorra davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Virtus Unita Fortior
(Lotincha: Strength united is stronger)
Madhiya: El Gran Carlemany
(The Great Charlemagne)
Andorra Xaritasi
Poytaxt Andorra la Vella
Rasmiy til(lar)
Hukumat Konstitutsion Rohiblik
 •  Ko-Qirolicha   Joan Enrik Vives Sitsiliya
 •  Rohib Vakili   Nemesi Markez Oste
 •  Hukumat boshlig`i   Jaume Bartumeu Cassany
Mustaqillik  
Maydon  
 • Butun 468 km² (178-)
 • Suv (%) 0,26
Aholi  
 • 2010 roʻyxat 91 023[1] (194- oʻrin)
 • Zichlik 180/km²
YaIM (XQT) 2009- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$4,90 mil. (177-)
 • Jon boshiga AQSh$44,623
Pul birligi Yevro (EUR)
Vaqt Mintaqasi (UTC+1)
 • Yoz (DST)
Qisqartma AN
Internet domen .ad
Telefon prefiksi +376

Andorra (kat. Andorra, isp. Andorra, frans. Andorre ), Andorra knyazligi — Yevropaning janubi-g‘arbidagi davlat. Pireney yarim orolida, Fransiya bilan Ispaniya oralig‘ida joylashgan. Maydoni 465 km2, aholisi 78 115 kishi (2011). Poytaxti — Andorra-la-Velya shahri. Rasmiy tili — katalon tili; maʼmuriy jihatdan 7 jamoaga bo‘lingan. Dindorlar — katoliklar.

Davlat tuzumi[tahrir]

Andorra — mustaqil suveren davlat. Fransiya qiroli Karl davridayoq mustaqillikka erishgan. O‘sha paytdan to birinchi konstitutsiya qabul qilinguncha Andorra 1278-yil shartnomasida belgilanganidek, Fransiya va Seo-de-Urxel shahri. (Ispaniya) yepiskopining ikki yoqlama protektoratida (izmida) bo‘ldi. 1993-yil 14-martdagi umumxalq ovoz berishi natijasida maʼqullangan mamlakat birinchi konstitutsiyasiga binoan Andorra „parlamentli knyazlik“ hisoblanadi, unda „xalq suvereniteti tamoyili“ qaror topdi, sobiq hukmdorlar — Fransiya prezidenti bilan Seo-de-Ur-xel yepiskopiga aniq vakolatli „konstitutsion davlat boshliqlari“ martabasi, jumladan, ularga ichki xavfsizlik va mudofaa, hududiy va chegara huhuqlari, yuridik sohalarda hamkorlik qilishga oid xalqaro shartnomalarni tayyorlashda qatnashish huquqi berildi. Qonun chiqaruvchi oliy organ — Bosh kengash — 28 deputatdan iborat bir palatali parlament. Ijroiya hokimiyat oliy organi — Ijroiya ken-gash (hukumat).

Sharqiy pereneyda, Fransiya va Ispaniya o'rtasida joylashgan Yevropaning bu mitti davlatining dengizga chiqish yo'li singari qurolli kuchlari xam yo'q. Lekin tazyiqqa uchraganida, Fransiya va Ispaniyadan tashqari NATO kuchlariga xam ishonsa bo'ladi.[2]

Geografiyasi[tahrir]

Andorra Pireneyning janubiy yon bag‘rida, Valira daryosi (Ebro havzasi) va uning irmoqlari vodiysida joylashgan. Muzliklardan hosil bo‘lgan ko‘llar bor. Iqlimi subtropik, yiliga 1000—2000 mm yog‘in yog‘adi. Tog‘lari dub, buk va archa-pixta o‘rmonlari bilan qoplangan, baland alp va alp o‘tloqlari bor[3].

Xoʻjaligi[tahrir]

Andorra xo‘jaligining asosiy tarmoqlari — qo‘ychilik va dehqonchilik. Arpa, jav-dar, kartoshka, sabzavot, uzum, tamaki yetishtiriladi[4]. Oziq-ovqat sanoatining kichikroq korxonalari, GESlar, xunar-mandchilik ustaxonalari bor. Chet el turizmi katta daromad keltiradi. Andorradan chetga jun, pista ko‘mir chiqariladi, chetdan oziq-ovqat va sanoat mollari keltiriladi. Aholi jon boshiga ichki yalpi mahsulot 15 ming AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.

Ijtimoiy soha[tahrir]

Maktab taʼlimi — fransuz yoki ispancha tizimda[5]. „Diari d’Andorra“— katalon tilidagi kundalik gazetasi, 1991-yilda asos solingan. „Poble Andorra“ („Andorra xalqi“) — katalon tilidagi haftanoma, 1974-yilda asos solingan. „Andorra radiosi“ 1984-yildan buyon ishlaydi. „Antenna-7“ deb nomlangan xususiy telekompaniya ham mavjud. Muzey, kutubxona, qadimgi hujjatlar arxivi, arab (8—10-asrlar) va roman (12— 16-asrlar) meʼmorligi obidalari bor. Muomalada — fransuz franki va ispan peseti.[6]

Iqtisodiyot[tahrir]

YIMning 80 %i turizm sohasiga toʻgʻri keladi. Andorraga yiliga 9 mln turist keladi. Iqtisodiyotning boshqaruvida davlatning roʻli juda past darajada va kichik biznes va xususiy tadbirkorlik qoʻllab quvvatlanadi. Iqtisodiyotda bank sektori katta rol oʻynaydi. Andorrada qishloq xoʻjaligi juda past rivojlangan, chunki, yerning atigi 2 %i qayta ishlashga yaroqlidir. Qishloq xoʻjaligi sohasida aholining 1 %i band. Andorrada kartoshka va tamaki yetishtiriladi. Temir rudalari koni, svinets, gidroenergetika resurslari, hamda mineral suv va oʻrmon resurslariga ega[7].

  • Kuchli tomonlari: iqtisodning asosi — turizm. Bank sistemalarining yuqori jihatdan mahfiy hisoblanadi. Eksportga qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan: don, kartoshka va tamakini chiqaradi[8][9].
  • Zaif tomonlari: Fransiya va Ispaniya davlatning iqtisodiy siyosatini belgilab beradi. Ishlab chiqarish mahsulotlarini va xom-ashyo importiga bogʻlanib qolgan[10][11].
  • Eksport: $148.7 million (2005). Eksport hamkorlari: Ispaniya 59.5 %, Fransiya 17.0 % (2006).
  • Import: $1.879 mlrd (2005). Import — hamkorlari: Ispaniya 53.2 %, Fransiya 21.1 % (2006).

Gerblar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. World Gazetteer
  2. Abdulatif Atxamov. ARMIYASIZ DAVLATLAR
  3. http://www.estadistica.ad/serveiestudis/web/exportar_banc_dades_csv.asp?formules=anual%7Cinici&any1=01/01/2008&any2=01/01/2008&codi_divisio=380&lang=1&codi_subtemes=59&codi_tema=10
  4. Agència de Mobilitat, Govern d’Andorra
  5. L’Hospitalet. La RN 20 coupée à cause d’une avalanche, La Depeche, 17 December 2008. Ladepeche.fr
  6. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  7. Public transport of passengers, Servei de Planificació i Gestió del Transport, Govern d’Andorra, 2009.
  8. Heliand — Serveis (2009). Heliand.com
  9. Helitrans — Services (2009). Helitrans.ad
  10. SNCF Map
  11. Google map