Tunis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tunisiya Respublikasi
الجمهورية التونسية
Al-Ǧamhūriyyat at-Tūnisiyyah
Tunisiya davlat bayrogʻi   Tunisiya davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Order, Freedom,and Justice
Madhiya: Himat Al Hima
(Defender of the Homeland)
Tunisiya Xaritasi
Poytaxt Tunis
Rasmiy til(lar)
Hukumat Prezidentlik Respublika
 •  Prezident   Moncef Marzouki
 •  Bosh Vazir   Mehdi Jomaa
Mustaqillik   Fransiyadan
 •  Sana   20 mart 1956
Maydon  
 • Butun 163,610 km² (91-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 10,074,951 (80- oʻrin)
 • Zichlik 61/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$76,990 mil. (63-)
 • Jon boshiga AQSh$7,642
Pul birligi Tunisian Dinar (TND)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma TS
Internet domen .tn
Telefon prefiksi +216


Tunis, Tunis Respublikasi (AlJumxuriya atTunisiya) — Shim. Afrikada joylashgan davlat. Maydoni 164,2 ming km². Aholisi 9,8 mln. kishi (2002). Poytaxti — Tunis sh. Maʼmuriy jihatdan 25 viloyatga bulinadi.

Davlat tuzumi[tahrir]

T. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1959 y. 1 iyunda qabul qilingan, unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1987 yildan Zayn alObidin bin Ali), u umumiy toʻgʻri va yashirish ovoz berish yuli bilan 5 y. muddatga saylanadi va yana 2 muddatga kayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Deputatlar palatasi (bir palatali parlament), ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat amalga oshiradi.

Tabiati[tahrir]

Yer yuzasining aksari qismi tekislik, ayrim joylarda qirlar uchraydi. Shim. va shim.gʻarbiy qismini Atlas togʻlarinnng sharqiy tarmoklari (TelAtlas, Tunis tizmalari va boshqalar) egallaydi. Tunis tizmasining gʻarbiy qismida mamlakatdagi eng baland nukga — Shambi choʻqqisi (1544 m) bor. Togʻlar oraligʻida platolar, shim.da Tunis payettekisligi va jan.gʻarbda Tunis sohili, T.ning markaziy qismida Shott deb atalgan shurxok botiq joylashgan. Foydali kazilmalardan fosforit, temir, qoʻrgʻoshin, marganets va rux rudalari, simob, magniy va kaliy tuz konlari bor. Saxroi Kabirda neft va gaz zaxiralari aniklangan. Iklimi Oʻrta dengiz atrofiga xos subtropik ikdim, yozi issiq va quruq, qishi nisbatan salqin, nam; chekka jan.da tropik choʻl iqlimi, Sahroi Kabirdan garmsel (sirokko shamoli) esib turadi. Oʻrtacha tra yanvarda 10°, iyulda 26°, jan.da yanvarda 21°, iyulda 33°. Yillik oʻrtacha yogʻin 400–1500 mm, Tunis tizmasidan jan.da 100– 200 mm. Dare kam, yirik daryosi — Majarda (uz. 460 km). Tuproq va oʻsimliklari, asosan, Oʻrta dengiz atrofiga xos. Togʻlardagi qoʻngʻir oʻrmon tuproqlarida aralash oʻrmonlar, qolgan hududdagi kulrang va jigarrang tuproqlarda choʻl va chala choʻlga xos oʻsimliklar oʻsadi. Hayvonot dunyosi: shim.da qoplon, toʻngʻiz, alqor, chala choʻllarda qoraqulok,, gepard, chiyaboʻri, sirtlon, tulki, yovvoyi mushuk bor; qushlar, sudralib yuruvchilar koʻp. Hasharotlardan, ayniqsa chigirtka qishloq xoʻjaligi. ekinlariga zarar yetkazadi. Oʻrta dengizdan baliq ovlanadi. Ashkyol, JabelBuXedma va boshqa milliy boglari, qoʻriqxona va rezervatlar tashkil etilgan.

Aholisining 97% dan koʻprogʻi tunislik arablar, 1%dan ortigʻi barbarlar, ozroq yevropalik (fransuz, italyan va boshqalar)lar. Rasmiy til — arab tili. Fransuz tili ham tarqalgan. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Shahar aholisi 61%.

Yirik shaharlari: Tunis, Sfaks, Sus, Bizerta, Qayruvon.

Tarixi[tahrir]

T. hududida ilk paleolit davridan odam yashab keladi. Mil. av. 4—2ming yilliklarda dehqonchilik va chorvachilik taraqqiy etib, istehkomli manzilgohlar vujudga kelgan. Mil. av. 12-a.da T.ga yunonlar, keyinroq finikiyaliklar kirib keldi. Finikiyaliklar tomonidan T.da asos solingan shaharlar ichida Karfagen yirik shahardavlatga aylangan. Mil av. 264—146 ylardagi Puni uruioʻari natijasida Karfagen davlati barham topgan. T. Rim imperiyasining Afrikadagi mulkiga aylangan. 439 y. barbarlar va qoʻzgʻolonchi dehqonlar koʻmagida Karfagenni vandamar bosib olgan. 534 y. T. Vizantiyaga tobe boʻlgan. T. tub aholisining ozodlik kurashiga 647 y. T. hududiga kirib kelgan musulmon arab qoʻshini yordam bergan. 670 y. arablar Qayruvon shahriga asos soldilar (keyinchalik bu shahar Shim. Afrikaga islom dinini yoyish markazi boʻlib qoldi), 698 y. ular Karfagenni, 703 y. esa T.ni butunlay egalladilar. 800 yil T. Abbosiplar xalifaligidan ajralib chiqib, Agʻlabishshr sulolasi hukmronligidagi mustaqil davlatga aylandi. 909 y. barbar qabilalarining qoʻzgʻoloni natijasida T.da ismoiliylarning Fotimiylar davlati barpo etildi.

1535 yil T.ni Ispaniya bosib oldi, 1574 y. turklar ispanlarni quvib chiqarib, T.ni Usmonli turk imperiyasi tarkibiga qoʻshib oldi. Biroq turk sultonlari T.ni nomigagina idora qilar edi. 1591 yildan T.ni Tunis deylari, keyinchalik Murodiylar sulolasi (1612—1702) beylari boshqardi. 1705 y. Husayniylar sulolasi beylari mustaqil T. davlatini barpo etdilar. 1861 y. Tunis liberal islohotchisi Xayriddin atTunisiy tashabbusi bilan dastlabki konstitutsiya (Dustur) qabul qilindi. 1881 y. fransuz qoʻshinlari T.ni bosib oldi. 1934 y. Habib Burgʻiba vatanparvar kuchlarni birlashtirib, Yangi dustur — soʻl millatparvar partiyasini tuzdi, shu partiya milliy ozodlik harakatiga rahbarlik qildi. 2-jahon urushi yillari (1939—45) va undan keyin T.dagi milliy ozodlik xarakati kuchaydi. 1952—54 yillarda shaharlardagi umumiy ish tashlash sharoitida T. ozodlik armiyasi (1952 y. Yangi dustur partiyasi tomonidan tuzilgan) harakat boshladi. 1954 y. 31 iyulda Fransiya T.ga ichki muxtoriyat berishga majbur boʻldi. 1955 y. 3 iyunda imzolangan konvensiyaga binoan T.ni idora qilish milliy hukumat qoʻliga oʻtdi. 1956 y. 20 martda Fransiya T. mustaqilligini tan oldi. 1957 y. monarxiya tugatildi va respublika eʼlon qilindi. H. Burgʻiba prezident etib saylandi. T. — 1956 yildan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1991 y. 26 dek.da tan olgan va 1992 y. 26 noyab.da diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 20 mart — Mustaqillik kuni (1956).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Yangilanish harakati partiyasi, 1939 y. tuzilgan, 1993 yilgacha T. kommunistik partiyasi deb atalgan; Demokratik konstitutsiyaviy birlashma partiyasi, 1934 y. Dustur partiyasining parchalanishi natijasida tuzilgan, 1964 yilgacha Yangi dustur, 1988 yilgacha Sotsialistik dustur partiyasi deb atalgan; Xalq birligi partiyasi, 1973 y. tashkil etilgan; Demokrat sotsialistlar partiyasi, 1977—78 yillarda asos solingan; Demokratik birlashuv ittifoqi, 1988 y. tuzilgan; Sotsialliberal partiya, 1988 y. tashkil etilgan. T. umumiy mehnat birlashmasi kasaba uyushma markazi, 1946 y. asos solingan.

Xoʻjaligi[tahrir]

T. — konchilik va kayta ishlash sanoati rivojlangan agrar mamlakat. Tabiiy resurs zaxiralari oz boʻlishiga qaramay, Afrikadagi eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Yalpi ichki maxsulotda qishloq xoʻjaligi. va baliq ovlashning ulushi 11,7%, kon sanoatining ulushi 4%, ishlab chiqarish. sanoatining ulushi 18,5%.

Qishloq xoʻjaligida aholining 60% band. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar 8 mln. gektarga yaqin. 3,2 mln. gektari ekinzor, 2,6 mln. gektari yaylov, 150 ming ga yer sugʻoriladi. Gʻalla yetishtirish va yaylov chorvachiligi muhim ahamiyatga ega. Asosiy ekinzorlari mamlakatning shim. va shim.sharqida joylashgan. Bugʻdoy, arpa, sitrus mevalar, zaytun, xurmo, sabzavot, uzum, bodom, qand lavlagi, tamaki yetishtiriladi. Chorvachilikda qoʻy, echki, qoramol, eshak, xachir, tuya boqiladi. Parrandachilik sanoat asosida tashkil etilgan. Tel togʻlarida oʻrmon mahsulotlari, ayniqsa, poʻkakli daraxt poʻstlogʻi, jan.da qogʻoz sanoatida ishlatiladigan alfa oʻti yigʻiladi. Hammomot va Qobis qoʻltiqlarida, Karqanna o.lari sohilida baliq ovlanadi.

Sanoatida kon, elektrotexnika, tikuvchilik, toʻqimachilik, charmpoyabzal tarmoklari va xizmat koʻrsatish sohasi rivojlangan. Oziq-ovqat, metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo korxonalari bor. Kon sanoatida neft, fosforit, temir, rux rudasi qazib chiqarish muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish. sanoati korxonalarining aksariyati mamlakatning shim.sharqiy Femida barpo etilgan. Chekka rnlarda sement ishlab chiqarish. yoʻlga qoʻyilgan. Yiliga oʻrtacha 6,7 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Hunarmandchilik (gilam va savat toʻqish, kulolchilik, mis va jezdan bezak buyumlarni yasash) rivojlangan. Transport yoʻli uzunligi 2,2 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 22,5 ming km. Asosiy dengiz portlari: Tunis, Sfaks, Bizerta, Qobis, Sexira. Tunis sh. yaqinida xalqaro aeroport bor. T. chetga neft va neft mahsulotlari, gazmol, zaytun yogʻi, vino, fosforit chiqaradi. Chetdan mashina va uskuna, oziq-ovqat va keng isteʼmol mollari oladi. Fransiya, AQSH, Germaniya, Italiya, Ispaniya bilan savdo qiladi. Pul birligi — tunis dinori.

Tibbiy xizmati[tahrir]

Davlatga qarashli davolash muassasalari bilan bir katorda xususiy shifoxonalar ham bor. Aholining 90% bepul tibbiy yordam olish huquqiga ega. Vrachlar 3 oliy tibbiyot oʻquv yurtida tayyorlanadi. Tibbiy hamshira, doya, laborant va boshqa tibbiy xodimlar tayyorlash uchun maxsus maktablar ochilgan. Milliy onkologiya instituti (1969), Paster instituti (1906), Oilani rejalash, onalik va bolalikni muhofaza qilish markazi, Tunis unti huzuridagi Milliy kardiologiya instituti tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar bilan shugʻullanadi.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Taʼlim tizimi fransuzcha uslubda tashkil etilgan. Keyingi yillarda uni arablashtirishga harakat qilina boshladi. Boshlangʻich maktab 6 y.lik (6—12 yoshli bolalar uchun majburiy), umumiy oʻrta taʼlim maktabi 7 y.lik boʻlib, u 3 y.lik quyi va 4 y.lik yuqori oʻrta maktabdan iborat. Boshlangʻich maktab negizida 4 y.lik hunartexnika taʼlimi tashkil etilgan. Mamlakatda 50 ga yaqin ft va oliy oʻquv yurtlari bor. Eng yiriklari: Poytaxtdagi Tunis unti (1960), Milliy maʼmuriy maktab (1949), Milliy musiqa, raqs va xalq sanʼati konservatoriyasi, Sanʼat, meʼmorlik va shaxdrsozlik texnika instituti, Milliy agronomiya instituti. Ilmiy muassasalarning aksariyati poytaxtda joylashgan. Tunis unti tarkibida iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar markazi, Ilmiy va texnik tadqiqotlar instituti (1969), Yadro tadqiqotlari markazi (1966), Milliy texnika instituti (1969), Milliy onkologiya instituti (1969), Milliy led. tadqiqotlari instituti (1971) bor. Bundan tashqari, Milliy arxeologiya va sanʼat instituti (1957), Milliy agronomiya tadqiqotlari instituti (1914), Milliy veterinariya tadqiqotlari instituti, Milliy okeanografiya va baliqchilik instituti (1924), Dengiz suvlaridan foydalanish va irrigatsiya markazi (1963), Milliy oʻrmonchilik instituti va boshqa ilmiy muassasalar mavjud. Kutubxonalari: Milliy kutubxona (1883), Ommaviy kutubxona (1965). Muzeylar: Bardo milliy muzeyi (1888), Karfagen milliy muzeyi (1964), Islom sanʼati muzeyi va boshqa

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. T.da koʻpgina gaz. va jurnali lar nashr etiladi. Yiriklari: "AsSaboh" ("Tong", arab tilida chiqadigan kundalik gaz., 1951 yildan), "ArRayi" ("Fikr", arab tilida chiqadigan haftalik ijtimoiysiyosiy gaz., 1977 yildan), "Renuvo" ("Yangilanish", fransuz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1932 yildan), "AtTariq alJadid" ("Yangi yoʻl", arab tilida chiqadigan haftalik gaz., 1981 yildan), "AlVaxda" ("Birlik", arab tilida chiqadigan haftalik gaz., 1981 yildan), "AlHurriya" ("Ozodlik", arab tilida chiqadigan kundalik gaz., 1934 yildan), "Dialog" ("Muloqot", fransuz tilida chiqadigan ijtimoiysiyosiy haftanoma, 1974 yildan), "AlFikr" ("Tafakkur", arab tilida chiqadigan oylik adabiy jurnali, 1955 yildan), "AlMaraa" ("Ayol", arab va fransuz tillarida oyiga 2 marta chiqadigan jurnali, 1961 yildan). Tunis Afrik Press (TAP) axborot agentligi, T.dagi yetakchi gaz.lar, radio va televideniyening akdiyadorlik jamiyati, 1961 y. asos solingan. Radioeshittirish 1936 yildan, telekoʻrsatuv 1966 yildan olib boriladi. Ularni T. radioeshittirish va televideniye davlat mahkamasi nazorat qiladi.

Adabiyoti T. hududida mil. av. 1ming y.likda puni, soʻng lotin tilida rivojlangan. Apuley, Avgustin kabi mashhur adiblar Shim. Afrikadan chiqqan boʻlsada, T.ning oʻz adabiyoti faqat musulmon arab hukmronligi davrida arab tilida vujudga keldi. 10—11-a.larda Ibn Xani alAndalusiy va Ali atTunisiy Ibrohim alXusriy, Ibroqim arRakik va Abdulaziz alTaʼrifiy kabi shoir va yozuvchilar, 14— 15-a. boshlarida atokli mutafakkir Ibn Xaddun ijod kiddilar. 15-a.dasufiylar adabiyoti vujudga keldi. 15—16-a.larda arab tilining Tunis shevasida nazm janri ustun boʻlgan xalq adabiyoti shakllandi. 19-a. adabiyotida milliy ozodlik kurashi ruhi sezila boshladi. Muhammad ashShodli Xaznadar ijodida bu ruh, ayniqsa, yaqqol namoyon boʻldi. 20-a. boshlarida T. adabiyotida dastlabki romanlar (Saloh Suvisiyning "AlXayra va Siroj alLayla" romani) paydo buldi. 20—30-yillarda hozirgi zamon T. adabiyotining asoschisi shoir Abulqosim ashShobbiy, hikoyanavis AliadDuʼajiy, shoir va publitsist Tohir Haddad asarlari mashhur boʻldi. Mahmud alMesadiy, Muhammad alLarusi alMutviy, Muhammad alMarzukiy kabi yozuvchi va dramaturglar adabiyot rivojiga barakali hissa qoʻshdilar. T. mustaqillikka erishgach, shoir, yozuvchi va dramaturg Mustafo alForsiy ijodi kamol topdi. 1960-yillarda T. adabiyotiga arab va fransuz tillarida ijod qiluvchi yozuvchi va dramaturglar kirib keldi. 20-a. oxirlarida Hasan Nasr ("Yomgʻirli tunlar" hikoyalar toʻplami), Izzeddin Medaniy ("Nol inson" romani, "Gʻaroyib hodisalar" hikoyalar toʻplami), Mahmud Tunsiy (hikoya va lirik sheʼrlar), Muhammad Saloh alJabriy ("Zamira hayotidan bir kun" qissasi), Abdurahmon Amar ("Sevgi va inqilob" qissasi, "Besh qaxramon" pyesasi) va boshqa yozuvchi hamda dramaturglar ijodi diqqatga sazovor.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati[tahrir]

T. hududidan kapsa madaniyati sanʼat yodgorliklari (qoyatoshlarga ishlangan jonivor va odam tasvirlari, ov manzaralari, sopol idishlar) topilgan. Finikiylar davridan ibodatxona, daxma va binolarning , rimliklar davridan shahar xarobalari (Dugga, TuburboMayus va boshqalar) saklanib qolgan. Ularda teatr, amfiteatr, hammom, sirk, turar joy, oromgoxlar boʻlganligi seziladi. Oʻrta asrlarda musulmon meʼmorligi (masjid, minora va saroy binokorligi) shakllandi. Qayruvon, Sfaks, Sus, Monastir, Tunisda minorali masjidlar, shoh saroylari qurildi, istehkomlar, sharsharalar, suv omborlari barpo etildi (Qayruvondagi Sidi Oqba masjidi, 9-a., Tunisdagi Bab alJadid, Bab alMinora tosh darvozalari, 13-a.). 11 — 15-a.larda meʼmorlik ispanmagʻrib, 16—19-a.larda turk sanʼati oqimida rivojlandi. 20-a.da shaharsozlikka fransuz meʼmorlari boshchilik qildi, ular mahalliy binokorlik anʼanalarini Yevropa ratsionalizmi tamoyillari bilan uygʻunlashtirishga intildi. Mustaqillik yillarida yetishib chiqqan O.K. Kakub, X. Amara va boshqa tunislik meʼmorlar zamonavii konstruksiya va materiallar (temirbeton, shisha, metall, plastmassa va yogʻoch)dan foydalanib uyjoy va jamoat binolarining loyihalarini tuza boshladilar. Tunis shahridagi yangi turar joy binolari, "Dyu Lak", "Afrika" mehmonxonalari, Monastir shahridagi "Palma" mehmonxonasi, ayniqsa, muvaffaqiyatli chiqqan.

T. zamonavii tasviriy sanʼatiga 12-a.ning 90-yillarida asos solindi. 20-a.ning 20—30-yillarida Yaxyo Turkiy, Hodi Hayoshiy, Amar Farhod kabi musavvirlar shaklan mukammal, mazmunan milliy sanʼat asarlari yaratdilar. Hozirgi zamon tasviriy sanʼatida realistik va modernistik oqimlar mavjud. Realizm yoʻnalishidagi rassomlardan Ali bin Salim, Hodi Turkiy, Hotam Mekkiy, grafikami Ibrohim adDaxak, modernizm oqimidagi haykaltarosh Hodi Selmiy, rangtasvirchi va grafik Zubayr Turkiy va boshqa mashhur. T. zamonavii amaliy bezak sanʼatining asosiy turlari gilam toʻqish, kashtachilik, toʻr toʻqish, kulolchilik, zargarlik va kandakorlikdan iborat.

Musiqasi uzoq yillar davomida finikiy, yunon, rim, ayniqsa, arab va turk madaniyati taʼsirida rivojlanib keldi. T.musiqasi Magʻrib mamlakatlari madaniyatida alohida ahamiyatga ega. Badaviylar anʼanalari negizida marosim va mehnat qoʻshiqlari, shoirbaxshilar ijodi rivoj topdi. Mumtoz musiqasi Andalusiya (Ziryob) maktabi taʼsirida qaror topgan. Turkumli janr nuba muayyan maqam (lad)larga asoslanib, cholgʻu badihaviy muqaddima (istiftax), maʼlum usullarda ijro etilayotgan vokal (avʼyat, btayxi, baruel, taushiyya, dardj va boshqalar) hamda cholgu (msaddar, dxoul kabi) qismlardan iborat. 24 mumtoz nubadan hozirda T. da 13 tasi saklangan. Qasida, muvashshax, shuningdek, diniy musika shakllari — zajal, zikr, turk madaniyati taʼsirida bashraf (cholgu kuy) lar keng oʻrin olgan. Milliy sozlari: ud, torlikamonli rabab, qonun, naysimon kasba, zurna (surnay turi), doirasimon tar va bendir, toʻrtburchak daf, darbuka, tbala (baraban turlari). Mustaqillikka erishilganidan soʻng musiqa madaniyatiga eʼtibor kuchaydi. 60-yillarda simfonik orkestr, milliy ansambllar tashkil etildi. Tunis folklor ansambli, Bizerta mumtoz musiqa ansambli, "Rashidiya" jamiyati orkestri (hozirgi radio orkestri) ishlay boshladi. Anʼanaviy musiqa bilan birga musiqa madaniyatining yevropalashgan shakllari yoyila bordi. Musiqa kadrlari oliy va oʻrta musiqa oʻquv yurtlari, jumladan, Tunisdagi Milliy musiqa, raqs va xalq sanʼati konservatoriyasi, Sfaksdagi konservatoriyada tayyorlanadi. Bastakor, ijrochi va musiqashunos Saloh alMahdiy, bastakor va udchi M. alJamusiy, xonandalar U. Karim, Sh. Alaviy, Abdulhaq Tarialar mashhur. Har yili oʻtkaziladigan Karfagen musika festivali folklor sanʼatining jahon markaziga aylandi.

Teatri[tahrir]

Xalq oʻyinlari va bayramlarida, sayyor qiziqchilarning sanʼatida teatr unsurlari boʻlgan. 13-a.dan soya va qoʻgʻirchoq teatrlari yoyildi. 1826 y. Italiyadan kelgan truppa tunislik tomoshabinlarni Yevropa teatri bilan tanishtirdi. 1860—75 yillarda dastlabki teatr binolari qurildi. 1893 y. livanlik dramaturg Shukri Gʻanimning "Antara" spektakli sahnalashtiriddi. 1908 i. Sulaymon alKardaxiy birinchi T. teatriga asos soldi, 1913 y. u "AshShaxama alArabiya" va "Aladab" jamoalariga boʻlinib ketdi. 1921—22 ylarda misrlik rej. Jorj Abyad "Arab teatri"ni tashkil etdi. 1955 y. ish boshlagan Munitsipal teatri doimiy truppa va katta repertuarga ega edi. Mustaqillikka erishilgach (1956), 1959 y. tashkil etilgan teatr maktabi (rahbari Hasan Emerli) tez orada Drama markazi (rahbari Muhammad Aziza)ga, 1982 y. Drama sanʼati intiga aylantirildi. 1960—70 yillardan Sus, Sfaks, Bizerta, AlQof, Qayruvon, Qafsa sh.larida teatrlar ishlay boshladi. 1960 yildan Monastir shahrida Magʻribdagi barcha teatrlarning festivallari, Hammomotdagi teatr markazida (1964 y. tashkil etilgan) va koʻhna Karfagen xarobalarida Xalkaro teatr festivallari oʻtkaziladi.

Kinosi[tahrir]

1897 y. Sh. Shikli dastlabki kinoseanslarni tashkil etdi. 1907 y. doimiy kinoteatr ochildi. 1922 y. Sh. Shikli qisqa metrajli "Zuhra", 1924 y. esa toʻliq metrajli "Ohu koʻzlari" filmlarini suratga oldi. Mustamlakachilik davrida gʻaroyibsarguzasht filmlar — "Etikdoʻz Maʼruf" (1921, rej. R. Dessor), "Yasmina" (1926, rej. A.Yugon), "Kayruvonlik telba" (1939, rej. J.A. Krezi, arab tilidagi birinchi film), "Bim" (1949, rej. A. Lamoris) va boshqa yaratildi. 1946—54 yillarda T.da "Afrika" kinostudiyasi ishladi. Mustaqillik koʻlga kiritilganidan keyin T. filmlar ishlab chiqarish. va prokat qilish aksiyadorlik jamiyati tuzildi (1957), qisqa metrajli xronika filmlari bilan bir qatorda milliy ozodlik kurashiga va ijtimoiy masalalarga bagishlangan "Tong" (1966), "Qoʻzgʻolonchi" (1967), "Fallohlar" (1970) kabi badiiy filmlar yaratildi. 70—80-yillarda yaratilgan filmlar orasida ishchilar hayoti va kurashini tasvirlovchi "Sejnan" (rej. A. Bin Ammar), Fransiyadagi arab muhojirlari takdiriga oid "Elchilar" (rej. N. Xtariy), kichik qishloq hayotining oʻzgarishi toʻgʻrisidagi "Sirtlon quyoshi" (rej. R. Baxiy), tunislik ayollar hayotidan olingan "Aziza" (rej. A. Bin Ammar), shuningdek, "Kechuv" (rej. M.B.Mahmud), "Farishtalar" (rej. R. Baxiy) kabi filmlar bor.

Tunisia in its region.svg

Tunisiya (Tunisiya Respublikasi) poytaxti — Tunis shahri. BMT aʼzosi