Samsun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Samsun — Turkiyaning shim. qismidagi shahar. Samsun elining maʼmuriy markazi. Aholisi 362,7 ming kishi (2000). Qora dengizning Samsun qoʻltigʻi sohilidagi port. Tamaki yetishtiriladigan r-nning savdotransport markazi. Oziqovqat, tamaki, kimyo sanoati korxonalari mavjud. Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Mis eritish zavodi, universitet bor. Baliq ovlanadi. Shahar mil.av. 6-a.da bunyod etilgan va Amisus deb atalgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil