Microsoft

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Microsoft Corporation logo (1987-present)

Microsoft Corporation — xalqaro kompyuter texnikasi korporatsiyasi. Kompyuter dasturi bilan shug'ullanadi. Boshshtabkvartirasi Redmond, Vashington shtati da joylashgan. Microsoft Corporation hozirda Microsoft Windows operatsion sistemasi va Microsoft Office bilan mashhur. Shu bilan birga Internet Explorer, MSN, Xbox dasturlarini rivojlantirish bilan shug'ullanadi. Kompaniyaga 1975 yil 4 aprelda Bill Gates va Paul Allen tomonidan Albuquerque, New Mexico shtatida asos solingan. Bu kompaniya turli hil hisoblash mashinalari uchun dasturiy taminot ishlab chiqaradi. Jumladan: Shahsiy kompyuter, KPK, o'yin pristavkalari, mobil telefonlar va boshqalar uchun, hamda hozirgi kunda butun dunyoga mashhur bo?lgan 'Windows' Dasturiy platformasining asoschisidir.

Kompaniya Xbox o'yin konsolini hamda shahsiy kompyuterlar uchun aksessuarlar ham ishlab chiqaradi. Bundan tashqari 2012-yildan boshlab o'zining planshet-kompyuteri - Surface va uning taxriri Surface RT ni ishlab chiqarmoqda

Hozirda Microsoft mahsulotlari dunyoning 80 dan ortiq davlatlarida sotilmoqda, dasturlari esa 45 dan ortiq tillarga tarjima qilingan.

Hozirgi kunda kompaniyaning 90 ming dan ziyod ishchi va aʼzolari bor.