Osiyo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Osiyo dunyo xaritasida ajralib koʻrsatilgan.

Osiyo (yun. Asia, ehtimol ossuriycha asu — sharq) — Yer sharidagi eng katta qitʼa (butun quruqlik maydonining 30 % chasini egallagan). Yevrosiyo materigining bir qismi..

Osiyo Yer sayyorasining eng katta qitʼasidir. U Yer sathining 8,6 % ini qoplaydi. Yuzasi — 43 810 582 km², aholisi — 3 879 000 000 kishi. Dengiz sathidan oʻrtacha balandligi — 1010 m, eng yuqori nuqtasi — Everest Choʻqqisi, 8848 m, eng quyi nuqtasi — Lut koʻli, −392 m.


Umumiy maʼlumot[tahrir]

Osiyo Shimoliy yarim sharning barcha geografik mintaqalarini oʻz ichiga oladi; Malay arxipelagi qisman Janubiy yarim sharga kirib borgan. Osiyoning materikdagi eng chekka nuqtalari: shimolda Chelyuskin burni (77°43’ shahrik.), janubda Piay burni (26°10’ shq.u.), sharqda Dejnyov burni (169°40’ gʻ.u.) gʻarbda Bobo burni (26°10’ shq.u.).

Osiyo shimoldan Shimoliy Muz okeani, sharqdan Tinch okean, janubdan Hind okeani, janubiy-gʻarbdan Atlantika okeani dengizlari (Oʻrta, Egey, Marmar, Qora, Azov) va Kaspiy dengizi bilan oʻralgan. Bering dengizi Osiyoni Amerikadan ajratib turadi.

Suvaysh boʻyni Osiyoni Afrika bilan tutashtiradi. Yevropa bilan Osiyo chegarasi shartli ravishda Ural va Mugʻojar togʻlarining sharqiy etagidan, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kuma va Manich daryolari boʻylab oʻtadi.

Maydoni 43,4 mln. km² (Kavkaz bilann);

shundan 8 mln. km² yarim orollar (Yamal, Tay-mir, Chukotka, Kamchatka, Koreya, Hindixitoy, Hindiston, Arabiston, Kichik Osiyo), 2 mln. km² dan ortigʻi orollardir (Severnaya Zemlya, Novaya Sibir, Vrangel, Kuril, Saxalin, Yapon, Ryukyu, Tayvan, Xaynan, Malay arxipelagi, Andaman, Shri Lanka, Kipr).

Osiyo dunyoda mutlaq balandliklari katta farq qiladigan qitʼadir. Dunyodagi eng baland choʻqqi (Himolay togʻlaridagi Jomolungma choʻqqisi, 8848 m), eng chuqur botiqlar — koʻl boʻlib qolgan bo-tiqlar ham (eng chuqur joyi 1620 m boʻlgan Baykal koʻli, dengiz satxidan 392 m past boʻlgan Ulik dengiz), ochiq botiklar ham (mutlaq belgisi — 154 m boʻlgan Turfon soyligi) Osiyodadir (7-jild 472-betdagi Osiyo haritasiga q.).

Tabiati[tahrir]

Orografiyasining asosiy xususiyatlari. Osiyo maydonining 3/4 qismi togʻlar va yassitogʻlardir. Eng baland togʻlar Markaziy va Oʻrta Osiyodadir. Tibet, Tyanshan, Po-mir, Himolay, Hindukush, K°Ra~ qurum va Oʻrta Osiyodagi bir qancha togʻ tizmalarining balandligi 7000 m dan oshadi. Kichik O.dagi, Ar-maniston, Eron togʻliklari, Hin-dixitoy ya.o., Yapon o.lari va boshqa orollardagi togʻlar ham ancha baland. Keng Oʻrta Sibir yassi-togʻligi jan.dan Oltoy, Gʻarbiy va Sharqiy Sayan togʻlari bilan oʻralgan; undan sharkda Baykal-boʻyi va Zabaykalye togʻlari, Stanovoy va Aldan togʻliklari joylashgan. RFning shim.-sharqida Yuqori Yana, Cherskiy tizmalari, Kolima togʻligi, Chukotka va Kamchatka togʻlari bor. Kamchatkada, Sha-rqiy Osiyo orollarida va Malay arxipela-gida soʻnmagan vulkanlar bor.

Osiyo maydonining 1/4 qismi tekisliklardan iborat. Eng yirik tekisliklari: Gʻarbiy Sibir, Turon, Buyuk Xi-toy, Hind-Gang , Mesopotamiya. Togʻlar orasidagi balandroq tekisliklar — Qashqar, Jungʻoriya, Gobi, Saydam va Fargʻona vodiylari.

Relyefi[tahrir]

Togʻlar va tekisliklarning asosiy xususiyatlari mezozoy va alp togʻ burmalanishlarida tarkib topgan. Neogen va antropogen davrlardagi vertikal harakatlar Markaziy Osiyoda, ayniqsa, kuchli boʻlgan (Pomir, Tibet, Himolay togʻlari 4000 m dan koʻproq koʻtarilgan, materikning sharqiy chek-kasi 700 m gacha choʻkkan). Kopetdogʻ, Fa-rgʻona tizmalari, Tyanshan, Hisor-Olay togʻlari ham anchagina koʻtarilgan. Eroziya taʼsirida koʻpgina qad. yassitogʻliklar juda oʻydimqir togʻli oʻlkalarga aylanib qolgan. Oʻrta va Markaziy Osiyoda keng maydonlar lyoss bilan qoplangan.

Antropogen davrida shim.-gʻarbiy Osiyoning 60° shahrik.dan shim. qismini yoppasiga bir necha bor muzlik bosgan va qaytgan. Oʻsha zamonlarda togʻlarni muz qoplagan. Qoraqurum, Pomir, Tyanshan, Hindukush, Himolay togʻlarida hozir ham muzliklar bor. 47° shahrik.gacha zamin qishin-yozin muzlab yotadi. Osiyo relyefining tarkib topishida vulkan hodisalari katta rol oʻynagan. Hindiston ya.o. va Oʻrta Sibir qad. vulkan jinslari (trapplar) yer yuzasiga chiqib yotadi. Sharqiy Osiyodagi qator orollarda, Kamchatka ya.o., Filippin, Katta va Kichik Zond o.larida yosh vulkan relyefi shakllari va zamonaviy vulkanizm hodisalari uchraydi.

Geologik tuzilishi va foydali qazil malari. Osiyo proterozoy erasining oxiridan buyen bur-malanmagan bir qancha yirik tokembriy platformalaridan hamda bu plat-formalar orasida joylashgan va qis-man dengiz tubiga kirib ketgan burmali keng oʻlkalardan iborat. To-kembriy platformalarining eng yiriklari: shim.da Sibir platformasi, sharqda Xitoy-Koreya platformasi va Jan. Xitoy platformasi, jan. va jan.gʻarbda Hindiston platformasi. Bular Osiyo materigining qad. qismlaridir. Platformalar yoki platformalarning ayrim qismlari orasida paleozoy, mezozoy va kaynozoy geosinklinallarida paydo boʻlgan burmali togʻ mintaqalari materiklarning ana shu qad. yad-rolarini bir butun qilib birlashtirgan. Osiyo gʻarbiy qismining geologik tarixida Sharqiy Yevropa platformasi muhim rol oʻynagan — paleozoy oxirida shu platformaning sharqiy chekkasi boʻylab Ural va Markaziy Qozogʻiston burmali togʻlari koʻtarilgan, oqibatda Yevropa bilan Osiyo birbiriga qoʻshilib Yevrosiyo paydo boʻlgan.

Gersin burmali togʻlari Sharqiy Yevropa va Sibir platformalari orasida shim.-sharqiy va meridian yoʻnalishda (Taymir, Ural), Qozogʻiston, Salair va Jan. Oltoyda shim.-gʻarbiy yoʻnalishda, Tyanshan, Mon-goliyada, Xitoyning gʻarbiy qismlarida kenglik boʻylab (Kunlun, Nanshan), Dunbeyda shim.sharqiy yoʻnalishda choʻzilgan.

Alp burmalanishi Alp (AlpHimolay) burmali oblastini oʻz ichiga oladi. Bu yerda mezozoy erasida Te-tis geosinklinali 2 mustaqil materik — Angarida va Gondvanani bir-biridan ajratib turgan. Kavkaz, TurkmanistonXuroson, Paropamiz, Hindukush, Pomir, Hisor-Olay, Tavr, Zagros, Makron, Sulaymon, Himolay togʻlari alp burmalanishida paydo boʻlgan.

Osiyoning eng sharqiy chekkasi hozirgi zamon geosinklinal mintaqasidan iborat boʻlib, materikni Tinch okean qaʼridan ajratib turadi.

Neogen va antropogenda Osiyo materigida Yer pusti vertikal va gorizontal yoʻnalishda harakat qilgan. Baland togʻ-yaar 1–4 km va undan ham koʻproq koʻtarilgan (mas, Tibet, Pomir), togʻlar orasidagi botiklar va chekka dengizlar (Yapon, Oxota va boshqalar) esa hiyla choʻkkan.

Osiyo qitʼasi qiyosan yaqin geologik davrlarda shakllangan. Paleozoy boshlarida Sharqiy Yevropa, Sibir, Xitoy-Koreya va Jan. Xitoy platformalari quruqlik boʻlgan yoki sayoz dengiz tubida yotgan. Hindiston platformasi va Arabiston ya.o. plat-formasi Gondvana materigining tarkibiy qismi boʻlib, ular Tetis geosinklinali parchalanib ketgandan soʻng Angaridaga qoʻshilib, Osiyo materigini hosil qilgan.

Osiyo foydali qazilmalari nihoyatda xilma-xil. Qozogʻiston (Qaragʻanda havzasi va boshqalar), Sibir (Kansk-Achinsk, Lena, Kuznetsk, Minusinsk, Tunguska havzalari), Uzok, Sharq (Saxalin o., Primorye), Xitoy, Koreya, Hindis-ton, Oʻrta Osiyo, Vyetnam va Yaponiyada kumir konlari bor. Osiyodagi Zakavkazye, Gʻarbiy Sibir tekisligi, Turkmanis-ton, Mangʻishloq ya.o., Kaspiy boʻyi payettekisligi, Saxalin, Fors qoʻltigʻi sohili — Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Katar, Iroq, Eron, BAA neftga boy r-nlar; Xitoy (Gansu viloyati), Indoneziya (Sumatra o.), Xindiston, Bruney, Yaponiya (Xonsyu o.) va boshqa baʼzi mamlakatlarda ham neft qazib olinmokda. Yonuvchi gaz konlari Oʻzbekiston (Gazli, Buxoro depressiyasidagi boshka konlar), Gʻarbiy Sibir tekisligi, Mangʻishloq ya.o., Yaqin va Oʻrta Sharqning yuqorida tilga olingan mamlakatlarida joylashgan. Osh tuzi konlari Sibir platformasi, Pokiston, Eron, Kaspiy boʻyi payettekisligi, Oʻrta Osiyoda. Temir rudasi konlari — Oltoy landshafti.

Qozogʻiston, Sibir, Xitoy, Shim. Koreya, Hindistonda. Hindiston, Zakavkazyeda yirik marganets konlari bor. Xrom rudasi konlari — Krzogʻiston shim.-garbi, Turkiya, Filippin, Eronda. Nikel — Norilskda, mis rudasi — Qozogʻiston (Jezqazgʻan, Qoʻngʻirot va boshqalar), Sibir shim., Yaponiyada; polimetall rudalari — Oʻrta Osiyo (Kr-ramozor, Qoratov va boshqalar), Rudali Oltoy, Yaponiya, Sharqiy Xitoy, Myanma, Vyetnamda. Boksit — Krzogʻiston, Krasnoyarsk oʻlkasi, Hindiston, Myanma, Indoneziyada; fosforit — Qozogʻiston; qalay — Sharqiy Sibir, Uzoq Sharqda. Oltin — Shim.Sharqiy Sibir, Aldan, Lena daryosi bosh tomoni, Amur-boʻyi, Qozogʻistonning shim., Oʻzbekiston, Koreya ya.o., Yaponiyada va h.k. Olmos konlari Yakutiyaning gʻarbiy Femida ishga tushirilgan.

Iqlimi[tahrir]

Quruqyaik maydonining kengligi, togʻ toʻsiqlari va berk botikdarning koʻpligi, quyosh radiatsiya-si, atmosferadagi harakatlar ikdimning xilma-xil boʻlishiga imkon bergan. Osiyoda barcha iklim zonalari — tundra ikdimi zonasidan ekvatorial va jan. tropik iklim zonalarigacha uchraydi. Osiyo koʻp qismining iklimi kontinental. Atlantika havosi Osiyoga yetganda kontinental havoga aylanadi. Tinch okeanning dengiz havosi Osiyoning sharqiy chekkasiga taʼsir etadi. Shim.dan O.ga Arktika havosi bemalol kirib keladi. O. jan.da tropik va ekvatorial havo massalari hukmron. Yozda suv yuzasiga nisbatan qurukdikning tezroq isishi va qishda kuchliroq sovishi atmosfera harakatlarida mavsumiy oʻzgarishlarga olib keladi. Qurukdikning qishda sovib keti-shi Shim. va Markaziy Osiyoda koʻp oylar davomida ayozli antitsiklon turishiga sabab boʻladi. Eng past temperatura Shim. yarim sharning sovuqlik qutbi joylashgan shim.-sharqdadir (Verxoyansk, Oymyakon), bu yerda ayrim hollarda sovuq —70° ga yetadi, yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —50° dan ham past. Yezda Gʻarbiy, Oʻrta va Markaziy Osiyoda jazirama va quruq kon-tinental tropik havo tarkib topadi. Yezda butun Osiyo ustida, xususan, jan. qismida bosim past boʻladi. Osiyo depressiyasi (past bosim) markazi Hindiston ya.o.ning gʻarbiy qismidadir. Depressiyaning jan. chetlari boʻylab, Osiyoga yozgi musson kirib kelib, Hindiston ya.o., Himolay jan. va Hindixitoy ya.o.da koʻplab yomgʻir yogʻishiga sabab boʻladi. Sharqiy Osiyo yozda Tinch okean qutb fron-ti taʼsirida turadi. Yozgi musson koʻplab yogin olib keladi. Kuzda sharqiy Osiyo qir-gʻoklari yaqinida qattiq dovul — tropik siklon (tayfun) turib, jala yogʻadi.

Sibirning koʻpgina qismida yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —20°, Verxoyanskda —50°, Tinch okeanning Shim. Osiyo qir-gʻoklari yaqinida esa —15°, —5°. Osiyo yanv. izotermasi Samarkand, Nankin va Tokiodan oʻtadi. Tropiklarda qishda temperatura 20°—25°. Iyulda Gʻarbiy Osiyo va Oʻrta Osiyo (oʻrtacha temperatura 30° va undan baland), Taklamakon va Tar choʻllari ayniqsa isib ketadi. 20° izoterma 55—60° shahrik. gacha yetib bo-radi. Shim. Osiyoda doimiy toʻng yer koʻp. Ekvatorial mintakada yiliga 2000 mm, Jan. va Sharqiy Osiyoning dengiz so-hilidagi shamolga roʻpara yon bagʻirlarda 2000 – 3000 mm (baʼzi joylarda 8000–12000 mm) yogʻin yogʻadi. 1861 yil Che-rapunjida 22900 mm yogʻin yoqqan. Shar-qiy Sibirda 350 mm dan kam, Oʻrta, Markaziy va Gʻarbiy Osiyo choʻllarida 150– 200 mm, baʼzi joylarda 100 mm dan kam yogʻin yogʻadi.

Ichki suvlari[tahrir]

Osiyo — azim daryolar oʻlkasi. Ob (Irtish bilan), Yenisey (Angara bilan), Lena (Aldan, Vilyuy bilan), Yana, Indigirka, Kolima Shim. Muz okeaniga, Anadir, Amur (Sungari, Ussuri bilan), Xuanxe, Yanszi, Sits-zyan, Mekong , Menam Tinch okeanga, Saluin, Iravadi, Brahmaputra, Gang , Hind, Shatt ul-Arab Hind okeaniga quyiladi. Osiyoda kichikroq daryolar Azov, Qora, Oʻrtadengizlargaquyiladi. Kura, Amudaryo, Sirdaryo, Ili daryolari Kaspiy, Orol dengizlari va Balxash koʻliga quyiladi. Berk havza daryolarining bir qismi koʻllarga quyiladi, bir qismi qum yoki shoʻrxoklarga singib ketadi yoki butunlay sugʻorishga sarf boʻladi (Tarim, Chuy, Hilmand).

Osiyoning eng yirik koʻllari Kaspiy va Orol dengizlaridir. Hozir Orol qurib, juda kichrayib qolgan. Baykal, Issiqkoʻl, Xubsugul koʻllari, Ulik dengiz, Van, Urmiya, Telets koʻllari tektonik botiqlardadir. Bir qancha koʻllar togʻlarning qulashidan (Sarez koʻli), karst nati-jasida (Gʻarbiy Tavr koʻllari) pay-do boʻlgan, shuningdek, shoʻr koʻl koʻp (Kukunor, Tuz va boshqalar). Daryolarga GESlar qurilishi na-tijasida yirik suv omborlari vujudga kelgan: Bratsk (Angara), Krasnoyarsk (Yenisey), Novosibirsk (Ob), Buxtarma (Irtish), Farhod, Qayroqqum, Chordara (Sirdaryo) suv omborlari va h.k. Qurgʻoqchil oʻlkalarda yer osti suvlari katta ahamiyatga ega. Oʻrta, Markaziy va Gʻarbiy Osiyodagi vohalarda buloq, quduq va artezian suvlaridan keng foydalaniladi.

Osiyoning daryo va koʻllari muhim transport yoʻllaridir. Koʻpgina daryolar katta gidroenergiya zaxirasiga ega. RF, Tojikiston, Yaponiya, Koreya va Xitoyda energiyadan, ayniqsa, koʻp foydalaniladi.

Tuproqlari[tahrir]

Osiyoda Yer sharidagi barcha tuproq tiplari uchraydi. Shim.dan jan.ga tomon issiklikning orta borishi va namlik rejimining oʻzgarishi bilan tuproqlar ham almashina boradi. Osiyoda podzol tuproq ayniqsa koʻp maydonni egallagan. Gʻarbiy, Markaziy va Oʻrta Osiyoda boʻz tuproklar, qoʻngʻir oʻrmon tuproklari eng koʻp maydonni egallagan. Subtropik togʻlarda va moʻʼta-dil mintaqaning jan. qismi, sharqi va garbida togʻ oʻrmon koʻngʻir tuproklari, Tibet togʻligida baland choʻl tuproklari va togʻ oʻtloqi tuproklari asosiy tup-roqtiplaridir. Xitoyning chekka jan.-sharqida Yaponiya, Xindiston, Hindi-xitoy va Indoneziyada kizil tuproklar asosiy oʻrin tutadi. Vodiylar va deltalarda oʻtloq va allyuvial oʻtloqi tuproklar keng maydonni egallagan.

Oʻsimliklari[tahrir]

Osiyo ikki fitoge-ografik oblastga — Golarktika oblasti bilan Paleotropik oblastiga kiradi. Paleotropik flora doimiy issiq ikdim sharoitida rivojlangan boʻlib, turlarga nihoyatda boy. Golarktika flo-rasi muz bosishlar, togʻ koʻtarilishlari taʼsiridan ancha kamayib ketgan. Shim.dan janubga tomon iklimning uzgari-shi bilan oʻsimlik tiplari ham oʻzgara bo-radi — bu yerda tundradan tortib Jan. yarim shardagi sernam ekvatorial urmonlar va savannalargacha uchraydi.

Chekka shim.da tundra zonasi joylashgan. Tundrada oʻrmon yoʻq. Tundra bugʻular yaylovi (lishaynikli tundra — qishki yaylov, oʻtli va butali tundra —yozgi yaylov) hisoblanadi. Tundradan jan.da oʻrmonli tundra joylashgan; oʻrmonli tundrada tundra bilan birga siyrak pakana yel oʻsadigan oʻrmonli joylar ham uchraydi. Undan jan.da oʻrmonlar zonasi joylashgan; urmonlar zonasi aksari tayga urmonlaridan iborat; mayda bargli va keng bargli oʻrmonlar (sharqda) kamroq maydonni egallagan. Sibirning jan.gʻarbiy hududlarida, Zabaykalye va Mongoli-yaning shim. qismlarida, shuningdek, Xitoyning shim.-sharqida oʻrmonli dasht va dasht oʻsimliklari; Kozogʻis-tonning jan.da, Oʻrta va Markaziy Osiyoda, shuningdek, Gʻarbiy Osiyo togʻliklarida va Arabiston ya.o.da chala choʻl va choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Osiyoning gʻarbiy qismlarida Oʻrta dengiz tipidagi oʻsimliklar uchraydi. Sharqiy Osiyoning subtropiklarida doim yashil va aralash musson oʻrmonlari hamda savannalar tarqalgan, dengiz sohilidagi shamolga roʻpara yon bagʻirlarni doim yashil oʻrmonlar qoplab olgan. Togʻlarda oʻsimliklar balandlik mintaqalarini hosil qilgan, togʻ tundrasi, togʻ taygasi, togʻ oʻrmonlari, togʻ dashtlari va choʻllari, togʻ subtropik va tropik oʻsimliklari uchraydi.

Hayvonot dunyosi[tahrir]

Osiyo faunasi materik faunasidan iborat. Endemik hayvonlardan hind fili, ulkan panda, ikki oʻrkachli tuya, Tailand gʻorlarida juda kichik koʻrsichqon-uzuntumshuq, Yaponiyaning jan. sohillari yaqinida changallari uz. 2 m li oʻrgimchak va boshqa bor. Koʻpgina hayvonlari Yevropa, Shim. Amerika va Afrika hayvonlariga oʻxshaydi. Arabiston ya.o.ning janubi Afrika bilan birgalikda Efiopiya zoo-geofafik oblastiga kiradi. Fil, karkidon, bugʻu, tovuslar ana shu oblastga xos hayvonlardir. Kichik Zond o.lari Avstraliya zoogeografik oblasti tarkibida. Jan. Osiyoning boshka r-n- lari Hindiston-Malay oblastiga kiradi. O.ning qolgan qismi Golarktika oblastining Yevrosiyo qismiga — Palearktikaga mansub. Shim. soxillar, tundra, tayga, dasht, choʻl, togʻ choʻllari, Markaziy Osiyo togʻlari, Uzok, Sharkning keng bargli va subtropik oʻrmonlari, Jan. Osiyo tropik oʻrmonlari zoogeofafik zonalari bor. Keng maydonlarda inson taʼsirida hayvonot dunyosi oʻzgarib, kamayib qolgan (Shar-kiy Xitoy, Hindiston, Yava o., Gʻarbiy Sibirning jan.). Keyingi vaqtda amalga oshirilgan tadbirlar bir qancha noyob hayvonlar (sobol, saygʻoq, los va boshqalar)ni koʻpaytirish va areallarini tiklashga imkon berdi. Oʻrta Osiyoda asosan, choʻl hay-vonlari yashaydi. Bu yerda YUNESKOning „Kizil kitobi“ga yozilgan noyob xayvonlardan kulon, Buxoro bugʻusi — xongul, oq tirnoqli ayiq, menzbir sugʻuri qoʻrikdanadi.

Qadim zamonlarda os-suriylar, bobilliklar, hindlar, xitoylar, misrliklar va boshqa Osiyo geo-grafiyasidan ozmi-koʻpmi tasavvurga ega boʻlganlar. Qad. Misr, Yunoniston —Fors urushlari (miloddan avvalgi 477—449), M akedoniyal ik Aleksandr yurishlari (miloddan avvalgi 4-asr), Misrning Hindiston bilan dengiz or-qali savdo ^lishi, Xitoy elchisi Chjan Syanning Oʻrta Osiyoda boʻlishi (miloddan avvalgi 2-asr), Ipak yoʻlining ochilishi, rimliklarning harbiy yurishlari natijasida Osiyo toʻfisida maʼlumotlar toʻplandi. Oʻrta asrlarda Osiyo haqida oʻrta-osiyoliklar va arablar (Masʼudiy, Idrisiy, Beruniy, Mahmud Koshgʻariy, Muhammad Xo-razmiy, Ibn Bat-tuta va boshqalar), xitoylar (Syuan-Szan va boshqalar), yevropaliklar (salib yurishlari, Karpini, Rubruk) anchagina maʼlumotlar ber-dilar. Xususan, 10-asr oxirida yozilgan „Xudud ul olam“ asarida Osiyo geografiyasi oʻsha zamonga nisbatan ancha toʻgʻri bayon etilgan. 13-asr oxirida venetsiyalik Marko Polo Markaziy Osiyoni kesib oʻtdi va oʻz safarlari haqida asar yezdi. Shim. Muz okeanining Osiyo sohilini ruslar oʻrgandi. 1441—44 yillarda Abdurazzoq Samarqandiy Hirot shahridan Eron orqali Hindistonga sa-far qilgan va koʻrganlarini yozib qoldirgan. Rus savdogari Afanasiy Nikitin ham 1466—72 yillarda Erondan oʻtib, Hindistonga bordi. Portugallar dengiz orqali Hindistonga (1498, Vas-ko da Gama), Yaponiyaga (1542) bordilar, 1520 yil Makaoda oʻrnashib qoldilar. 1521 yil Magellan Filippin o.lariga yetib bordi. Zahiriddin Boburning „Boburnoma“ asarida hozirgi Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Hindiston geografiyasi batafsil va qiziqarli tasvirlangan. 1581—82 yillarda Yermak Sibirga yurish qildi. 1639 yil I. Moskvitin Oxota dengiziga, 1643 yil V. Poyarkov Amur daryosiga yetib bordi. 1649—52 yillarda Ye. Xabarov Amur boʻylab sayohat qildi. 1697—99 yillarda V. Atlasov Kamchatkani tadqiq qildi. 17-asrning 2-yarmida P. I. Godunov va S. U. Remezov Sibirning dastlabki haritalarini tuzdilar. 1768—74 yillarda Rossiya akademik ekspeditsiyasi Shim. Osiyo va Kavkazni oʻrgandi. Eversman (1820—25) va G. S. Karelin (1832—42) Oʻrta Osiyo tekisliklarini, A. F. Middendorf (1877—78) Fargʻona vodiysini oʻrgandi. 1848—63 yillarda A. I. Butakov Orol dengizi, Amudaryo va Sirdaryo haqida asar yozdi. 19-asr oʻrtalaridan turli ilmiy tashkilotlar va harbiy muassasalarda tadqiqot ishlari rivojlana boshladi. Osiyoning ayrim oʻlkalari haqida davriy nashrlar va monografiyalar soni koʻpaydi. Rossiya Geogr. jamiyati to-monidan Sibir, Uzoq Sharq, Kavkaz, Markaziy Osiyo, Oʻrta Osiyoga koʻplab ekspeditsiyalar uyushtirildi va bu oʻlkalar tabiati ancha mukammal 19-asr oxiri va 20-asr I. V. Mushketov, L.S.Bergning Oʻrta Osiyo, V. A. Obruchevning Sibir, V. L. Komarovning Kamchatka, A. N. Krasnov va A. I. Voyeykovning Sharqiy va Jan. Osiyoga doir tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega.

20-asrda tadqiqotlar natijasida Osiyoda bir qancha muhim kashfiyotlar qilindi. Osiyoning Arktika kismi tabiati mukammal oʻrganildi (Arktikada bir qancha orollar kashf etildi, Shim.-Sharkiy Sibir, Pomirning orografik sxema-si yangidan tuzildi va h.k.).

Aholisi[tahrir]

Osiyoda 3720 mln. aholi yashaydi (2001), bu Yer shari aholisining 60,6 %ni tashkil etadi.

Antropologik tarkibi[tahrir]

Gʻarbiy Osiyo, Jan., Sharqiy va Jan.-Sharqiy Osiyoning asosiy qismlarida insoniyat tarixining ilk davrlaridayoq odamlar yashagan, kuyi paleolit davrida Jan.-Gʻarbiy Oda ehtimol, hozirgi tipdagi odam (Homo Sapiens) tarkib topgan. Osiyoning katta qismida odamlar yuqori paleolit va mezolit davridan yashay boshlagan. Osiyodan odamlar Amerika, Avstraliya, Okeaniyaga oʻtgan. Osiyoda yevropoid, mongoloid, avstroloid irklari kelib chiqqan. Aholining koʻp qismi 55,4 % mongoloid irkining turli guruxlariga kiradi. Gʻarbiy Osiyo, Shim. Hindiston, Oʻrta Osiyo xalklari (tojiklar) yevropoid irqiga mansub. Bir kancha kam sonli xalkdar avstroloid irqi vakillaridir. Gʻarbiy Sibir past-tekisligi, Jan. Ural, Oltoy, Qozogʻiston, Oʻrta Osiyo, Shim. Hindistondagi bir qancha xalklar (30 mln.ga yaqin) yevropoid-mongoloid aralash irkiga mansub.

Osiyo aholisining etnik tarkibi nihoyatda xilma-xil. Bu yerda koʻplab til oilalari va guruxlariga mansub bir necha yuz xalq yashaydi.

Aholisining joylashishi. Osiyoda aholi notekis joylashgan. 1 km² da aholining oʻrtacha zichligi 87 kishi. Yaponiya (1 km² da 336 kishi), Livan (430 kishi), Koreya Respublikasi (493 kishi), Shri Lanka (295 kishi), Hindistonda (314 kishi) aholi zich. Jan. va Markaziy Xitoydagi sohillar va yirik daryolarning vodiylari, Yaponiyaning jan. qismida, Gang daryosi boʻyida va Brahmaputra etaklarida, Hindiston ya.o.ning sharqiy sohili, Mekong daryosi vodiysi, Yava o.da 1 km² ga 1000—1500 kishi, baʼzi joylarda undan ham koʻp kishi toʻgʻri keladi. Shu bilan bir qatorda Markaziy Osiyo, Shim. va Gʻarbiy Osiyoning koʻp joylarida aholi juda siyrak. Choʻllarda (Rub ul-Holiy, Dashti Kabir, Taklamakon, Gobi) va Tibet, Himolay, Hindukush togʻlarining baland joylarida aholi deyarli yashamaydi.

Demografik tarkibi[tahrir]

2000— 01 yillarda har 1000 kishi hisobidan tugʻilish 22, oʻlim 8, tabiiy oʻsish 14 nafarni tashkil qildi. Yevropada esa tabiiy koʻpayish —1 ga, Afrikada +24 ga, Amerikada +13 ga, Okeaniyada +11 ga, butun dunyo boʻyicha esa +13 ga teng . Osiyoda oʻrtacha umr uzunligi erkaklarniki 65 va ayollarniki 68 yosh. Lekin bolalar orasida oʻlim ancha yuqori: har 1000 ta bolaga 55 ta toʻgʻri keladi (qiyoslash uchun: Afrikada 88 ta, Amerikada 25 ta, Okeaniyada 28 ta, Yevropada 9 ta). Osiyoda 15 yoshgacha boʻlgan bolalar butun aholining 30 %ni, Yevropada 18 %ni, Amerikada 28 %ni, Afrikada 43 %ni tashkil etadi. 64 yoshdan katta kishilar Osiyoda 6 % boʻlgani holda Yevropada 15 %, Amerikada 8 %, Afrikada 3 %, Okeaniyada 10 %dir.

Siyosiy bulinishi[tahrir]

Ilk sivilizatsiya markazlari qadimda Osiyoda yuzaga kelgan. Bu yerda asrlar davomida buyuk davlatlar (Bobil, Shumer, Ossuriya, Harap-pa, Urartu va boshqalar) hamda saltanatlar (Boburiylar, Usmonlilar) yuzaga kelgan va parchalanib ketgan. 19-asrlarda Osiyo hududidagi bir qancha mamlakatlar yev-ropaliklarning mustamlakalari boʻlgan. Osiyo siyosiy haritasida 20-asrda juda katta oʻzgarishlar roʻy berdi. Milliy ozodlik kurashi oqibatida Mongoliya (1921), Vyetnam (1945), Koreya (1948), shuningdek, Britaniyaning sobiq mustamlakalari mustaqillikka erishdi (Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Shri Lanka, Iordaniya, Maldiv o.lari, Malayziya, Singapur, Yaman, Indoneziya, Suriya, Livan, Laos, Kambodja). Falastinning bir qismida Isroil davlati va Falastin muxtoriyati paydo boʻldi. 1971 yil Abudabi, Dubay, Sharja, AlFujayra, Umm al-Kayvayn, Ajman amirliklarining birlashuvidan BAA davlati tuzildi. 1991 yilda Rossiya imperiyasining parchalanib ketishi oqibatida Oʻrta Osiyoda Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Qozogʻiston Respublikalari mustaqillikka erishdi. Osiyo hududining 1/4 qismidan koʻprogʻi, uning shim. qismi RF tarkibida. 2000 yilda Sharqiy Timor davlati tashkil topdi.


Osiyo davlatlari[tahrir]

Poytaxt Mamlakat
Abu Dabi BAA bayrogʻi Birlashgan Arab Amirliklari
Amman Iordaniya bayrogʻi Iordaniya
Anqara Turkiya bayrogʻi Turkiya
Ostona Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Ashxobod Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston
Bagʻdod Iroq bayrogʻi Iroq
Boku Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Bangkok Tailand bayrogʻi Tailand
Bandar-Seri-Begavan Bruney bayrogʻi Bruney
Bayrut Livan bayrogʻi Livan
Bishkek Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
Vyentyan Laos bayrogʻi Laos
Dakka Bangladesh bayrogʻi Bangladesh
Damashq Suriya bayrogʻi Suriya
Dehli (Nyu Dehli) Hindiston bayrogʻi Hindiston
Jakarta Indoneziya bayrogʻi Indoneziya
Dili Sharqiy Timor bayrogʻi Sharqiy Timor
Doha Qatar bayrogʻi Qatar
Dushanbe Tojikiston bayrogʻi Tojikiston
Yerevan Armaniston bayrogʻi
Quddus Isroil bayrogʻi Isroil
Islomobod Pokiston bayrogʻi Pokiston
Qobul Afgʻoniston bayrogʻi Afgʻoniston
Katmandu Nepal bayrogʻi Nepal
Kuala Lumpur Malayziya bayrogʻi Malayziya
Male Maldivalar bayrogʻi Maldivalar
Manama Bahrayn bayrogʻi Bahrayn
Manila Filippin bayrogʻi Filippin
Maskat Oman bayrogʻi Oman
Neypido Burma bayrogʻi Myanma
Nikosiya Qibris bayrogʻi Qibris
Pekin Xitoy bayrogʻi Xitoy
Pnompen Kambodja bayrogʻi Kambodja
Pxenyan Shimoliy Koreya bayrogʻi Shimoliy Koreya
Sana Yaman bayrogʻi Yaman
Seul Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi
Singapur Singapur bayrogʻi Singapur
Toshkent Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tbilisi Gruziya bayrogʻi Gurjiston
Tehron Eron bayrogʻi Eron
Tokio Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Tximpxu Butan bayrogʻi Butan
Ulan-Bator Mogʻuliston bayrogʻi Moʻgʻuliston
Xanoy Vyetnam bayrogʻi Vyetnam
Shri-Jayavardenepura-Kotte Shri Lanka bayrogʻi Shri Lanka
Al-Quvayt Quvayt bayrogʻi Quvayt
Ar-Riyod Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya Arabistoni
Lefkosiya* Shimoliy Qibris bayrogʻi Shimoliy Qibris[1]
Ramalla* Falastin bayrogʻi Falastin[2]
Suxum* Abxaziya bayrogʻi Abxaziya[1]
Taybey* Tayvan bayrogʻi Tayvan[1]
Sxinval* Janubiy Osetiya bayrogʻi Janubiy Osetiya[1]

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named ko.CA.BBp
  2. Falastin mintaqalarining davlat sifatida shakllanishi hali oʻz nihoyasiga yetmagan.


Adabiyot[tahrir]

  • Novojenin I. V., Fizicheskaya geografiya, M., 2001; Strani Mira, M., 2001.[1]




  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil