Charm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Charmhayvon terisidan yoki sunʼiy xom ashyodan tayyorlanadigan material. Tabiiy va sunʼiy turlarga ajratiladi. Tabiiy Ch. hayvonlar: qoramol, ot, qoʻy, echki, choʻchqa, tuya, bugʻu, kiyik, suv hayvonlari, it, ayrim baliq va boshqa hayvonlarning terisini oshlab tayyorlanadi. Ishlatilishiga qarab, poyabzal, egarjabduq, texnika, kiyimbosh, attorlik uchun moʻljallangan xillarga ajratiladi. Xom ashyo turi, oshlash, pardozlash, tashqi koʻrinishi, qalinligiga qarab ham xillarga boʻlinadi. Sunʼiy charm polimer xom ashyo materiallardan tayyorlanadi. Sunʼiy Ch. tolalardan toʻqilgan yoki notoʻqima matolar sirtiga yumshoq plyonka hosil qiluvchi moddalar (kauchuk, lateks, polivinilxlorid va boshqalar) qoplash natijasida hosil boʻladi. Sunʼiy Ch. poyabzal, kiyimkechak, attorlik hamda texnika buyumlari tayyorlash va boshqa ehtiyojlar uchun tabiiy Ch. oʻrnida keng miqyosda ishlatiladi (q. Koʻn, Koʻnpoyabzal sanoati, Koʻnchilik).