Misr
Shior: Yo‘q | |||||||||
Madhiya: «Vatan, Vatan, Vatan» | |||||||||
Poytaxt | Qohira | ||||||||
Rasmiy til(lar) | arab tili | ||||||||
Hukumat | Prezidentlik Respublika | ||||||||
|
|||||||||
|
|||||||||
Maydon | |||||||||
• Butun | 1 001 450 km² (29-) | ||||||||
• Suv (%) | |||||||||
Aholi | |||||||||
• 2005 roʻyxat | 77 505 756 (15- oʻrin) | ||||||||
• Zichlik | /km² | ||||||||
YaIM (XQT) | - yil roʻyxati | ||||||||
• Butun | (-) | ||||||||
• Jon boshiga | |||||||||
Pul birligi | Misr Funti (Junayh) (EGP ) |
||||||||
Vaqt Mintaqasi | +2 (UTC) | ||||||||
• Yoz (DST) | |||||||||
Qisqartma | |||||||||
Internet domen | .eg | ||||||||
Telefon prefiksi | +20 |
||||||||
Misr — (rasmiy nomlanishi Misr Arab Respublikasi arab: جمهورية مصر العربية) Afrikaning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan davlat. Isroil, Falastin, Sudan va Liviya davlatlari bilan chegaradosh. Misr shimolida O'rta Yer dengizi, sharqida Qizil dengiz joylashgan.
Misr, Misr Arab Respublikasi (Jumhuriya Misr al-Arabiya) — Afrikaning shim.-sharqi va qisman Osiyo (Sinay ya.o)da joylashgan davlat. Maydoni 1001,4 ming km². Aholisi 69,5 mln. kishi (2001). Poytaxti — Qohira shahri Maʼmuriy jihatdan 27 muhofazaga boʻlinadi.
Mundarija
Davlat tuzumi[tahrir]
Misr — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1971-yil. 11-sentyabrdagi referendumda maʼqullangan, keyinchalik unga oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1981-yildan Muhammad Husniy Muborak). Vakolat muddati — 6 yil. Cheklanmagan marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident amalga oshiradi, u bosh vazir va hukumat aʼzolarini tayinlaydi hamda lavozimlaridan ozod qiladi.
Tabiati[tahrir]
Misr hududining deyarli xammasi choʻl zonasida joylashgan. Shundan faqat 3,5 % (35 ming km²) Nil da-ryosi deltasi va vodiysiga toʻgʻri keladi. Relyefi va geologik tuzilishi jihatidan M. hududi shartli ravishda toʻrt zonaga boʻlinadi: 1) Liviya choʻli; 2) Arabiston choʻli; 3) Sinay ya.o.; 4) Nil daryosi vodiysi va deltasi. Relyefi, asosan, tekislik; Qizil dengizga yaqin yerlar togʻlikdir. Liviya choʻli platosining balandligi shim.da 100 m, jan.da 600 m, jan.garbda 1000 m gacha boʻlib, yer yuzasi qum va toshloq. Arabiston choʻli yassitogʻligi sharqda 700 m gacha koʻtarilgan, bu yerda balandligi 2000 m gacha boʻlgan tizmalar bor. Nil vodiysiga yaqin joylarning bal. esa 100– 200 m. Yassitogʻlik kristalli jinslardan tuzilgan. Nil vodiysining kengligi (M. chegarasida) jan.da 1–3 km, deltaga yaqin joyda 20–25 km. Sinay ya.o.ning U, qismini At-Tix qirlari egallagan. Yarim orolning jan.da balandligi 2641 m gacha boʻlgan togʻlar bor. Foydali qazilmalardan: temir, marganets, mis, rux, qoʻrgʻoshin, volfram, molibden, uran va oltin, shuningdek, neft, tabiiy gaz, fosforit, osh tuzi, ohaktosh bor. Sinay ya.o.da kumir konlari mavjud.
Mamlakatning katta qismida havo quruq va kam bulutli, tropik konti-nental choʻl iqlimi, yogʻin ahyon-ahyondagina yogʻadi. Haroratning sutkalik farqi katta. Mac, choʻdda kunduzi temperatura 50° boʻlsa, kechasi 0°. Oʻrta dengiz boʻyida subtropik, yozi issiq va quruq, qishi yumshoq va seryogʻin. Eng issiq oylari (iyul—avg .)ning oʻrtacha temperaturasi Iskandariyada 25°, Qohirada 27°, Asvonda 33°. Eng salqin oylari (yanv.— fev.)ning temperaturasi Iskandariyada 14°, Qohirada 12°, Asvonda 16°. Apr. va may oylarida 50 kungacha choʻl shamoli (xasmin) esib turadi. Oʻrtacha yillik yogʻin Iskandariyada 180 mm, Qohirada 34 mm, Asyutda 7 mm, Asvonda 3 mm. Yogʻin aksari qisqa muddatli jala boʻlib yogʻadi.
Mamlakatdan birgina Nil daryosi oʻtadi. Uning suvi toʻgʻonlar bilan tartibga solingan. Baland Asvon toʻgʻoni qurilgach, mamlakat jan.da Nosir nomidagi katta suv ombori vujudga keldi. Vohalarda sizot suvlardan keng foydalaniladi. Mayda koʻl koʻp. Nil deltasida kanallardan sugʻorishda foydalaniladi. Ayrim kanallarda kema katnaydi.
Jan.dan shim.ga tomon dastlab sariqqoʻngʻir choʻl tuprogʻi, soʻngra boʻz tuproq (arablar bodiya — „choʻl“ tuprogʻi deyishadi), taqir boʻz tuproq, shoʻrxoklar, Nilning delta qismi — botqoq tuproq. Mamlakatning gʻarbiy qismida koʻchma kumlar bor. Nil vodiysi va deltasining tuprogʻi juda unumdor.
M. hududining katta qismi suvsiz va oʻsimliksiz choʻllardir. Kserofit va lishayniklar, qisman daraxtsimon usimliklar, Liviya chulining shim.da qishda efemerlar oʻsadi. Koʻproq butasimon va ut oʻsimliklar tarqalgan. Nil vodiysida, asosan, madaniy usimliklar ekiladi. Oʻrta dengiz sohillarida chalov, choʻl piyozi, naʼmatak, yantoq va boshqa bor.
Hayvonlardan sudraluvchilar, jumladan, kaltakesak koʻp. Chullarda chiya-boʻri, tulki, sirtlon va boshqa hayvonlar uchraydi. Nil boʻyida gʻoz, oqqur, oʻrdak, shuningdek, yirtqich qushlar bor.
Aholisining 98 % misrlik arablar. Nubiylar, barbarlar, kopt (qibt)lar (mahalliy xristianlar) M.ning tub aholisi boʻlib, mamlakatga kelgan arablar bilan aralashib ketgan qad. misrliklarning avlodlaridir. Greklar, armanlar, italyanlar, inglizlar, fransuzlar ham yashaydi. Rasmiy til — arab tili, deyarli butun aholi shu tilda gaplashadi. Aholi, asosan, islom dinining sunniylik yoʻnalishida; xristianlar 10 % ni tashkil etadi. Aholining 43,9 % shaharlarda istiqomatqiladi. Eng yirik shaharlari: Qohira, Iskandariya, Port-Said, Ismoiliya, Tanta, Suvaysh, Al-Mansura, Damanxur, Al-Mahallat-ul-Kubro.
Tarixi[tahrir]
M. — insoniyat tamadsuni (sivilizatsiyasi)ning ilk makonlaridan biri (q. Misr, Qadimgi Misr). 3— 4-asrlarda M. Rim imperiyasi tarkibiga kirgan. Rim imperiyasi yemirilgach (395), Vizantiyaning bir viloyati boʻlib qoldi.7-asr boshlarida butun M. aholisi Vizantiyaning rasmiy pravo-slav cherkoviga qarshi boʻlgan xristi-anlarning monofisit mazhabini qabul qildi. Aholi kopt (qibt) tilida soʻzlashar edi. Shu davrda M.ni sosoniylar, 639—642 yillarda esa arablar bosib oldi va mamlakatda islom dini tarqala boshladi. Keyinchalik tuluniylar (868 — 905), abbosiylar (905—935), ixshidiylar (935—969) sulolalari hukmronlik qildi. Fotimiylar davri (969—1171)da Falastin, Shom (Suriya) va Gʻarbiy Arabiston M.ga qaram boʻlgan. 1113 yil salib yurishi qatnashchilari M.ga bostirib kirdi. Shim. Suriya va Irokdagi saljuqiylar noibi Nuriddin Mahmud ibn Zangi (1146—74) salibchilarga qarshi kurashda Fotimiy xalifa Adid (1160—71) ga katta yordam berdi. Buning evaziga xalifa uni vazir qilib tayinladi (1169). 1171 yil ayyubiylarsulolasi (1171 —1250) ning asoschisi Salohiddin taxtga chikdi. 1174 yil esa u sulton nomini oldi. 1187 yil Suriya va M. harbiy kuchlari birlashib, salibchilarga qaqshatqich zarba berdi va Falastin bilan Suriyani ulardan ozod qildi. M.da 13a. yarmigacha Ayyubiylar, 14—15-asrlarda mamluklar hukmronlik qildi.
1517 yil turk sultoni Salim I M.ni egallab, uni Usmonli turk davlati tarkibiga qoʻshib oldi. 18-asr 2-yarmidan Usmonli turk saltanati tanazzulga uchray boshladi. Bundan foydalangan mamluk beklaridan Alibey mustaqil davlat tuzishga erishdi (1769), Alibeyning vafotidan soʻng taxt uchun kurash kuchaydi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida Fransiya va Angliya M.ni bosib olishga harakat qildilar. 1798 yil M.ni Napoleon armiyasi egalladi. 1801 yil da in-gliz floti fransuz floti ustidan gʻalabaga erishdi. 1805 yil da hokimnyat Muhammad Ali posho qoʻliga oʻtdi. Muhammad Ali M.ni kuchli, mustaqil davlatga aylantirish maqsadida mamluk beylariga qarshi kurash olib bordi. Mamlakat iqtisodiyotining asosi boʻlgan qishloq xoʻjaligini rivojlantirdi. Bu davrda birinchi movut, toʻqimachilik f-kalari, metallurgiya, qand, oyna z-dlari qurildi. Yevropa usulidagi maktablar ochildi, yoshlar gʻarb davlatlariga oʻqishga yuborildi. Fransuz harbiy maslahatchilari yordamida armiya qayta tuzildi. Mahalliy aholi armiyaga olina boshladi (ilgari faqat yollanma askarlar boʻlar edi). Muhammad Ali Suriya, Falastin va Arabiston ya.o.ning bir kismini bosib oldi (1831—33). Turkiyaga qaramlikdan qutulish uchun 1831 yilda unga qarshi urush ochib, turk armiyasini magʻlubiyatga uchratdi. Lekin Angliyaning ikkinchi Turkiya-M. urushi (1839—40)ga aralashuvi natijasida M. armiyasi yengildi. Bundan tashqari, Angliya 1838 yilgi ingliz-turk savdo bitimidagi shartlarni M.ga maj-buran qabul qildirdi. Bu esa mamlakatga ingliz mollari koʻplab kirib kelishiga yoʻl ochib berdi. Suvaysh kanali ishga tushirilishi (1869) bilan Angliya va Fransiya M.da zoʻr berib oʻz hukmronligini oʻrnatishga urindi. 1882 yil inglizlar armiyasi M.ni egallab oldi va xalq qoʻzgʻolonini sha-fqatsiz bostirdi. Mamlakatda mustamlaka tartibi oʻrnatildi. Inglizlar bank va moliya ishlarini, irrigatsiya qurilishlari, aloqa yoʻllarini oʻz qoʻllariga oldi. M. faqat paxta yetishtiradigan davlatga aylanib qoldi. 20-asr boshlarida Mustafo Komil (1874— 1908) rahbarligida milliy ozodlik harakati avj oldi. Ammo mustamlakachilar xalq harakatini bostirdilar. 1914 yilda M.da Britaniya protektorati oʻrnatildi.
1918 yilda Zagʻlul Saʼd boshchiligida „Misr delegatsiyasi“ (keyinchalik „Vafd“) partiyasi tuzildi. Bu partiya 1919—1924 yillarda inglizlarga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonga boshchilik qildi. Xalqning kurashi natijasida ingliz protektorati bekor qilinib, M. mustaqil podshoxlik deb eʼlon qilindi (1922). 1923 yil M. konstitutsiyasi kabul etildi. Bu konstitutsiya parlament tuzishni nazarda tutdi. U ayrim erkinliklar — siyosiy tashkilotlar tuzish va matbuot erkinligini berdi, shu bilan birga, podshohga deputatlar palatasini tarqatish, parlament chaqiriklari muddatini surish, vazirlarni tayinlash va boʻshatish huquqini ham berdi. Shunday boʻlsada, Angliya M.da oʻz mavqeini, yaʼni davlat idoralari hamda harbiy kuchlar ustidan nazoratini, mamlakatda ingliz armiyasini saqlab qoldi. Parlament saylovida „Vafd“ partiyasi gʻalabaga erishdi va Zagʻlul Saʼd boshchiligida yangi xukumat tuzildi. Biroq mamlakatda milliy ozodlik kurashi toʻxtamadi.
1936 yil Angliya bilan M. oʻrtasida shartnoma tuzildi. Shartnomaga muvofiq, inglizlar M.ni bosib olishni toʻxtatdilar, lekin mamlakatda harbiy bazalar va armiya sakdash huquqini oldilar. 2-jahon urushi davrida M. Italiya-Germaniya va Angliya armiyalari oʻrtasidagi jang maydoniga aylandi. Urushdan keyin M.da milliy ozodlik harakati yanada kuchaydi. Arab-Isroil urushi davri (1948—49)da mamlakatda reaksiya avj oldi, soʻl vafdchilarni, talabalar harakati rahbarlarini qamash boshlandi. Bunga qarshi xalq harakati yanada avj oldi. Parlament 1936 yil gi Angliya-M. shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Shundan keyin Angliya M.ga qarshi agressiya uyushtirdi. M. xalqi mustamlakachilarga qarshi partizan urushini boshladi. 1952 yil 23 iyulda Jamol Abdul Nosir boshchiligidagi „Zubbot alahror“ („Ozod zobitlar“) uyushmasi armiyaga tayanib, davlat toʻntarishi oʻtkazdi. Davlat hokimiyati Inqilobga rahbarlik kengashi ixtiyoriga oʻtdi. General M. Najib kengash raisi va hukumat raxbari etib tay-inlandi; amalda kengashga Nosir rahbarlik qildi. Yangi hukumat agrar islohot oʻtkazib, fallohlarni yer bilan taʼminladi, mamlakatni industrlashtirish, iqtisodiy mustaqillikka erishish siyosatini olib bordi. 1953 yil 23 iyunda M. respublika deb eʼlon qilindi. 1953 yil oʻrtalarida yangi tuzum rahbarlari orasida ikki oqim — Najib boshchiligidagi eski demokratiya va J. A. Nosir rahbarligidagi inqilobiy demokratiya tarafdorlari paydo boʻldi. Zidsiyat keskinlashib, natijada Najib hukumatdan chetlatildi, Jamol Abdul Nosir bosh vazir boʻlib qoldi (1954). Angliya — M. shartnomasi (1954)gamuvofiq, 1956 yil 18 iyunda oxirgi ingliz askari M.dan chiqib ketdi. M.ning siyosiy suvereniteti tiklandi.
1956 yil 23 iyunda M. Respublikasining konstitutsiyasi qabul qilindi va Jamol Abdul Nosir prezident etib saylandi. Prezident Suvaysh kanali kompaniyasi davlat ixtiyoriga olinganligini eʼlon qildi. Shunday qilib, iqtisodiy taraqqiyot dasturini mablagʻ bilan taʼminlashning muxim manbai qoʻlga kiritildi. Shundan keyin M.ga qarshi Angliya—Fransiya —Isroil tajovuzi boshlandi. Xalq bosqinchilarga qarshi qoʻzgʻaldi. Tinchliksevar xalqlarning talabi bilan ingliz, fransuz (1956 yil dek.) hamda Isroil (1957 yil mart) armiyasi M.dan chiqib ketishga majbur boʻldi.
1958 yil 1 fev.da M. va Suriya hukumatlarining oʻzaro kelishuvi natijasida yangi unitar (birlashgan) davlat — Birlashgan Arab Respublikasi (BAR) tuzildi. Suriyada 1961 yil 28 sentabrda davlat toʻntarishi oʻtkazilib, Suriya BAR tarkibidan chikdi. M. BAR nomini saqlab qoldi. 1971 yil sentabrdan BAR M. Arab Respublikasi deb nomlandi.
1963 yilda J.A.Nosir rahbarligida Arab Sotsialistik Ittifoqi (ASI) tuzildi. ASI 1952 yil iyul inqilobining maqsad va tamoyillarini ximoya qilish, qolokdikni tugatishni oʻzining asosiy burchi deb bildi. 1964 yil 23 martda yangi muvaqqat konstitutsiya qabul qilindi. Konstitutsiyaga muvofiq, hamma korxonalar xalqniki deb hisoblandi. Shu bilan birga, xususiy va kooperativ mulk xdm saqlanib qoldi. J. A. Nosir prezidentligi davrida muhim ijtimoiyiqtisodiy islohotlar oʻtkazildi. Banklar, koʻpgina yirik va oʻrta savdo hamda sanoat kompaniyalari davlat ixtiyoriga olinishi, keng miqyosda yangi korxonalar qurilishi tufayli iqtisodiyotda qudratli davlat sektori barpo etildi.
1967 yil bahoridaYaqin Sharqdagi mojaro keskinlashdi. 5—10 iyun kunlari Isroil qoʻshinlari Sinay ya.o.ni bosib olib, Suvaysh kanalining sharqiy sohiliga yetib keldi. Xalqaro jamoatchilik va avvalo BMT Xavfsizlik Kengashining talabi bilan urush harakatlari toʻxtatildi. Ammo urush natijasida M.ning iqtisodiyotiga katta talafot yetdi. Urush tufayli Suvaysh kanali zonasidagi iqtisodiy hayot izdan chiqdi. Kanaldagi kema qatnovi 1975 yilgacha toʻxtab qoldi.
1968 yil 30 martda J.A.Nosir Isroil tajovuzi oqibatlarini tugatish uchun barcha kuch va vositalarni safarbar etish dasturini bayon qildi. 2 may umumxalq referendumi bu dasturni maʼqulladi.
1970 yil 28 sentabrda J.A.Nosir vafot etdi. Oʻsha yil 15 okt.da A. Sadat prezident etib saylandi. Uning davrida bozor munosabatlarini rivojlantirish, iqtisodiyotning xususiy sektorini kuchaytirish va faollashtirish, mamlakatda ishlab chiqariladigan mahsulotlar va avvalo isteʼmol mollari hamda xizmatlar hajmini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish yoʻlini amalga oshirishga kirishildi. Biroq 1967 yil „olti kunlik“ urushda Isroil tomonidan bosib olingan M. yerlarini (Sinay ya.o.ni) qaytarib olish muammosi hal boʻlmay qolayotgan edi. 1973 yil okt.da M. armiyasi Suvaysh kanalidan oʻtib, uning sharqiy sohiliga tushdi. Urush natijasida muammoni hal etishning iloji boʻlmagach, oʻt ochish toʻxtatildi va 1974 yilda qoʻshinlarni bir-biridan yiroklashtirish haqida bitim imzolandi. 1979 yilda Kemp-Devid (AQSH)da tuzilgan sulx. shartnomasi asosida Isroil uzi bosib olgan yerlarni M.ga qaytarib berdi. Bu sulhga boshqa arab davlatlari qarshi chikdi va M.ni Arab davlatlari uyushmasidan chiqardi. 1981 yil 6 okt.da A. Sadat diniy tashkilot aʼzolari tomonidan oʻldirildi va oʻsha yil 13 okt.da Husniy Muborak prezident etib saylandi. Yangi rahbariyat ichki siyosiy vaziyatni, xalq noroziligini yumshatish tadbirlarini koʻrdi, ijtimoiy turmushni birmuncha erkinlashtirdi, iqtisodiyotni sogʻlomlashtirish yoʻlida katta qadamlar qoʻydi. Misr tarmoqlarini jadal rivojlantirish orq-ali iqtisodiyotdagi nomutanosiblikni bartaraf etish yoʻli tutiddi. Mamlakatni zamonaviy bozor munosabatlarini shakllantirish yoʻlidan rivojlantirishni jadallashtirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirildi. Xalqaro maydonda ogʻir-vazmin va epchil siyosat oʻtkazila boshladi. Jumladan, Qoʻshilmaslik harakati, Arab davlatlari uyushmasi, Islom konferen-siyasi tashkiloti bilan hamkorlik fa-ollashtirildi. Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayonini davom ettirish, arab-isroil mojarosini bartaraf qilish M. tashqi siyosatining asosiy masalasi qilib qoʻyildi. 1989 yilda M.ning Arab davlatlari uyushmasiga aʼzoligi tiklandi. M. — 1945 yil dan BMTaʼzosi. OʻzRsuverenitetini 1991 yil 26 dek.da tan olgan va 1992 yil 23 yanv.da diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 23 iyul — Inqilob kuni (1952).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari[tahrir]
Milliy demokratik partiya, 1978 yilda tashkil etilgan; Milliy taraqqiyparvar (soʻl) partiya, 1976—77 yillarda tuzilgan; Mehnat partiyasi, 1978 yilda asos solingan; Liberallar partiyasi, 1976—77 yillarda tashkil etilgan, 1990 yil yanv.gacha Liberalso-sialistik partiya deb atalgan; „Al-Vafd“ partiyasi, 1978 yilda tuzilgan; „Al-Umma“ („Millat“) partiyasi, 1983 yildan oshkora faoliyat yurita boshlagan. M. mexnat federatsiyasi kasaba uyushmasi, 1957 yilda asos solingan, Afrika kasaba uyushmalari birligi tashkilotiga kiradi.
Xoʻjaligi[tahrir]
M. — agrar-industrial mamlakat. Jahon bozoriga yuqori si-fatli uzun tolali paxta va undan toʻqilgan gazlamalarni koʻp miqdorda yetkazib beradi. 70-yillar oxiri —80-yillar boshlarida neft qazib olish va eksport qilish kupaya boshladi. Iqtisodiy taraqqiyotga, ayniqsa, sanoat va unga koʻmaklashuvchi tarmoqlarni rivojlantirishga eʼtibor kuchaydi. 90-yillarning oʻrtalarida yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,5 %, qishloq xoʻjaligi ulushi 20 % ga yetdi.
Sanoati mustaqillikka erishgunga qadar, asosan, mayda hunarmandchilik korxonalaridan iborat edi. Iskandariyada neftni qayta ishlovchi, avtomobil shinalari ishlab chiqaruvchi z-dlar, Suvaysh-Qohira neft quvuri mavjud. 1952 yildan beri 1000 dan ortiq yangi sanoat obʼyektlari ishga tushirildi. Sanoat korxonalari, asosan, Qohira, Iskandariya va Nil deltasidagi boshqa yirik shaharlarda joylashgan. 1958 yilda Qohira yaqinida qurilgan Hulvon metallurgiya z-di mamlakatning dastlabki yirik metallurgiya korxonalaridandir. Bu z-d Asvon yaqinidan qazib olingan sifatli temir (40—60 %) rudasi asosida ishlaydi. Asvon shahrida yiliga 300 ming t poʻlat ishlab chiqaradigan metallurgiya markazi bor. Mashinasozlik sanoati ham qayta qurilgan. Mostorodda elektr kabellari z-di va metall buyumlar ishlab chiqarish f-kasi, Hulvonda va-gonsozlik, avtomobil, poʻlat quvurlar z-dlari, Iskandariyada toʻqimachilik sanoati uskunalari z-di, Qohirada velosiped va televizor z-dlari, Port-Fuod, Iskandariyada kemasozlik korxonalari, keyingi yillarda ishga tushirilgan avtomobil, traktor, sovitkich, metall qirqish stanoklari ishlab chiqaruvchi korxonalar ham bor. Suvaysh, Qohira, Iskandariya, Tanta shaharlari neftni qayta ishlash markazlaridir. Kime sanoati faqat mineral oʻgʻit ishlab chiqarishdan iborat. Kafr-uzzayyat va Abuzaʼbaldagi z-dlar yiliga 200 ming t superfosfat ishlab chiqarish quvvatiga ega. Asyutda yiliga 200 ming t superfosfat chiqaradigan z-d mavjud. Abuzaʼbalda qurilgan antibiotiklar z-di farmatsevtika sanoatiga asos soldi. Yana 5 farmatsevtika korxonasi qurildi. Bulardan tashqari, Asvonda kalsiy, Su-vayshda ammoniy sulfat, Iskandariya yonida soda z-dlari, Xulvonda kokskimyo z-di bor. Qurilish ashyolari sanoati korxonalari Hulvon, Al-Maʼsara, Al-Tur va Iskandariya atroflarida boʻlib, asosan, sement ishlab chiqaradi. Yirik toʻqimachilik korxonalari AlMahallat-ul-Kubro, Kafr-ud-Davvar va Kafr-uzzayyat shaharlaridadir. Oziq-ovqat sanoati qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlaydi. Armant, Koʻm-Umboʻ, Adfu shaharlarida yirik qand z-dlari bor. Asvon gidroenergetika majmuiga kiruvchi elektr styalar va yoqilgʻi bilan ishlaydigan elektr styalar yiliga oʻrtacha 525 mlrd. kVtsoatdan ortiq elektr energiya ishlab chiqaradi.
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Qishloq xoʻjaligi, asosan, Nil deltasi va vodiysida rivojlangan, bu yerda 3 mln. gektarga yaqin (mamlakat hududining 3 %) maydonda yiliga 2 marta, Asvon toʻgʻoni qurilgandan beri 3 marta (qishda ham) ekin ekib, hosil olinadi. Birinchi navbatda koʻproq daromad keltiradigan sholikorlik va paxtachilik (ingichka tolali paxta tayyorlash boʻyicha dunyoda 1-oʻrin) rivojlangan. Bundan tashqari, bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, dukkaklilar va sabzavot, shakarqamish, xashaki ekinlar ekiladi. Sitrus mevalar (apelsin, mandarin, limon), xurmo, banan, anjir, uzum, asosan, mamlakat shim.da yetishtiriladi.
Tabiiy yaylov va yem-xashak kamligi sababli chorvachilik durust rivojlanmagan. Oʻtroq aholi (dehqonchilik vohalarida) qoramol (sut uchun), qoʻy, echki va xonaki parranda, koʻchmanchilar esa tuya, qoʻy va echki boqadi. Asal-arichilik rivojlangan. Nil daryosi va ichki koʻllarda, shuningdek, Oʻrta dengizda baliq ovlanadi.
Transporti[tahrir]
Mamlakat ichida yuklar, asosan, avtomobil transportida (85 %) tashiladi. Yuk tashishning salkam 10 % t.yillarga, 5 % chasi suv transportiga toʻgʻri keladi. Avtomobil yoʻllari uz. 48,8 ming km. Eng muhim avtomagistrallari: Qohira — Iskandariya, Iskandariya — Marso Matruh, Qohira — Suvaysh, Suvaysh — Port-Said, Qoqira — alGʻardaqa, Qohira — Asyut. Transport yoʻli uzunligi — 8,8 ming km. Asosiy temir yoʻl magistrallari: Qohira — Asvon, Qohira — Iskandariya, Qohira — Suvaysh, Port-Said — Ismoiliya. Nil va magistral kanallardagi kema qatnovi yoʻllari uz. — 3 ming km dan ortiq. Dengiz savdo flotining tonnaji — 1,68 mln. tonna dedveyt.
Tashqi savdo yuklari, asosan, xorijiy dengiz kemalari va samolyotlarda tashiladi. Asosiy dengiz porti — Iskandariya (Oʻrta dengizda), boshqa yirik portlari — Port-Said va Suvaysh (Suvaysh kanalida), Ras-Shukeyr va Safaga (Qizil dengizda), Qohirada yirik xalqaro aeroport bor.
M. chetga neft va neft mahsulotlari, paxta, ip gazlama va kalava ip, alyuminiy va boshqa chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, don va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, sement, metall, yogʻoch va boshqa oladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Italiya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, AQSH. Chet el say-yohligi anchagina daromad keltiradi. Pul birligi — Misr funti.
Tibbiy xizmat aralash tarzda tashkil etilgan. Sogʻliqni saqlash vazirligi, muhofazalarda sogʻliqni saqlash departamentlari bor. Mamlakatda bepul tibbiy xizmat yoʻlga qoʻyilgan. Xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar un-tlarning 9 ta tibbiyot, 4 ta stomatologiya, 6 ta farmatsevtika f-tida, shuningdek, chet ellarda tayyorlanadi. Oʻrta malakali tibbiy xodimlar tayyorlaydigan 276 ta maktab bor. Un-tlarning tibbiyot f-tlarida i.t.lar oʻtkaziladi.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari[tahrir]
M.ni 7-asrda arablar istilo qilganidan keyin islom diniy maktablari koʻplab ochila boshladi. 10-asrda al-Azhar musulmon untiga asos solindi. Dastlabki dunyoviy oʻquv yurtlari 19-asr 2-yarmida paydo boʻldi. Xorijiy va mahalliy xususiy maktablar barpo etildi. 4 yillik boshlangʻich maktab eng koʻp tarqalgan oʻquv yurti edi.
.1952 yildan keyin boshlangʻich va oʻrta maktab isloh qilindi. 1956 yilda barcha bolalarga 6 yoshdan majburiy bepul boshlangʻich taʼlim berish haqida qonun qabul qilindi. 1962 yilgi dekret maktabgacha tarbiyadan to oliy oʻquv yurtigacha boʻlgan barcha davlat oʻquv yurtlarida bepul taʼlimni joriy etdi. Endilikda bolalar uchun 6 yoshdan boshlab 6 yillik boshlangʻich taʼlim, soʻngra 3 yillik toʻliqsiz tayyorlov maktabi, 3 yillik toʻliq oʻrta maktab mavjud. Barcha bosqichlarga ega boʻlgan xususiy maktablar bor. Hunartexnika tayyorgarligi hunar bilim yurtlari, hunar markazlari, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, shuningdek, 5 yillik texnika maktablarida olib boriladi.
Oliy taʼlim tizimiga un-t, in-t va 4 yillik kollejlar kiradi. Toʻliqsiz oliy maʼlumot beradigan 2 yillik texnika intlari ham bor. Mamlakatdagi 14 ta untning eng yiriklari: K,ohira, Ayn ushShams, Iskandariya un-tlari, Qohiradagi Amerika unti, Al-Azhar unti. Eng yirik in-tlari: Al-Mansura va Qohiradagi politexnika in-tlari, Asvondagi industrial in-t va boshqa
Yirik kutubxonalari: Qohiradagi Milliy kutubxona (1870), M. in-tining kutubxonasi (1859), Qoqiradagi Milliy majlis kutubxonasi (1924), Qohira unti kutubxonasi (1908), Iskandariya unti kutubxonasi (1942), Qohiradagi Hulvon unti kutubxonasi, Iskandariyadagi Munitsipal kutubxona (1892).
Yirik muzeylari: Islom sanʼati muzeyi (1882), Geol. muzeyi (1899), M. muzeyi, Zamonaviy sanʼat muzeyi (1920), Paxta muzeyi (1923), Transport yoʻli muzeyi (1933), Harbiy muzey — hammasi Qoxirada, Iskandariyadagi Yunonrim osori atiqalari muzeyi (1892).
Ilmiy muassasalari: Qohiradagi M. in-ti (1798), Misr va texnologiya akademiyasi (1971, tarkibida i.t. markazi, Atom energiyasi markazi, metallurgiya markaziy tadqiqot in-ti, Okeanografiya va baliq i.t. in-ti, Astronomiya instituti, Neft tadqiqot in-ti, Axborot va hujjatlashtirish milliy markazi mavjud). Qohirada Ped. tadqiqotlari milliy markazi, al-Jizada Arab tili akademiyasi, qishloq xoʻjaligi tadqiqot markazi va boshqa bor.
Matbuoti, telekoʻrsatuvi va radioeshittirishi. M.da vaqtli nashrlar soni 300 dan oshadi. Eng yiriklari: „Alaqrom“ („Ehrom“, kundalik gaz., 1875 yildan), „Al-axbor“ („Xabarlar“, kundalik gaz., 1944 yildan), „Al-jumhuriya“ („Respublika“, kundalik gaz., 1953 yildan), „Al-aholi“ (kundalik gaz., 1978 yildan), „Axbor al-Yaum“ („Kun yangiliklari“, kundalik gaz., 1944 yildan). „Alahror“ („Liberallar“, haftalik gaz., 1977 yildan), „Al-Vafd“ („Delegatsiya“, haftalik gaz., 1984 yildan), „Axer saa“ („Soʻnggi soatda“, haftalik jur., 1934 yildan), „Alka-vakib“ („Yulduzlar“, haftalik jur., 1952 yildan), „Oktobr“ („Oktyabr“, oylik jur., 1976 yildan) — hammasi arab tilida; „Jurnal d’Ejipt“ („Misr gazetasi“, fransuz tilida chikadigan kundalik xususiy gaz., 1936 yildan), „Ijipshn gazett“ („Misr gazetasi“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1880 yildan), „Ijipshn meyl“ („Misr pochtasi“, ingliz tilida chikadigan gaz., 1910 yildan) va boshqa Yaqin Sharq axborot agentligi (MENA), M.ning rasmiy axborot agentligi, 1955 yildatuzilgan. M. radioeshittirish va telekoʻrsatuv uyushmasi 1928 yilda tashkil etilgan.
Adabiyoti eng qad. adabiyotlardan boʻlib, miloddan avvalgi 3ming yillikda paydo boʻlgan. Qad. M. va qibt adabiyoti rivojlangan. Rasmiy va tarixiy voqealar bayoni, mehnat jarayonini kuylovchi qoʻshiklar kabi adabiy yodgorliklarning koʻpgina namunasi shoxlar sagʻanalari devorlariga yozib qoldirilgan. Oʻrta va Yangi shoxlik (miloddan avvalgi 16—11-asrlar) papiruslarida yozilgan koʻpgina rivoyatlar saqlangan. Ularning mu-alliflari maʼlum emas. Asosiy janrlari: ertak, rivoyat, madhiya, marsiya, duo, nasihat, masal, epos, ishqiy lirika kabilar. Milodiy 7—15-asrlarda arab adabiyoti shakllanib, ravnaq topdi. Adabiy janr va mavzular kengaydi. Yangi M. adabiyoti turklar hukmronligi (16—18-asrlar) tufayli rivojlanmay qolgan edi. 19-asr boshlaridan M. adabiyoti Yevropa mustamlakachilariga qarshi kurash taʼsirida arab tilida rivojlandi. 19-asrning 1-yarmida Muhammad Alining islohoti munosabati bilan M.da dunyoviy maktablar ochildi, kitoblar nashr etila boshladi, birinchi arab gaz. chop etildi. Ana shu davrda Muqammad Abdo, Abdulloh Nodim, Adib Ishoq kabi maʼrifatparvar adiblar xorijiy kelgindilar zulmiga qarshi chiqib, ijtimoiy islohotlarning zarurligi haqida yozdilar, Mahmud Sami al-Barudiy (1837—1904) oʻz sheʼrlarida ingliz mustabidlariga qarshi kurashishga chaqirdi. Hofiz Ibrohim (1871 — 1932) va „shoirlar amiri“ Ahmad Shavqiy (1869—1932) ham oʻz asarlarida inglizlar hukmronligiga qarshi kurashni tasvirladi. Yangi M. adabiyoti va publitsistikasining asoschisi Mustafo Komil (1874— 1908) ham oʻsha davrning yirik maʼrifatparvaridir. 1919—24 yillarda M. xalqining inglizlarga qarshi qoʻzgʻolonlaridan keyin Toho Husayn, Tavfiq alhakim kabi adiblar samarali ijod qildilar. 20-yillar M. adabiyotida maishiy mavzudagi novellalar asosiy oʻrinni egalladi. Uning asoschisi „Shayx Juma va boshqa hikoyalar“ nomli ilk novellalar toʻplami muallifi Mahmud Taymurdir. Salom Muso va Ibrohim Amin kabi keksa taraqqiypar-var adiblar ham mehnatkashlarning inglizlar hukmronligiga qarshi kurashini aks ettiruvchi asarlar yaratib, milliy ozodlik gʻoyalariga sodiq qoldilar. 20-yillarda M. adabiyotida maishiy mavzudagi dramalar ham paydo boʻddi. M. Tay-murning „Halokat“, Farax Antuanning „Yangi va koʻhna Misr“, Antuan Yazbekning „Uyda boʻron“ va „Qurbon“ pyesalarida zamonaviy mavzular oʻz ifodasini topgan. 20—30-yillarda atoqli dramaturg Ahmad Shavqiy qad. M. adabiyoti tarixiga oid „Kleopatraning oʻlimi“, „Antara“ kabi sheʼriy temperaturagediyalar yaratdi. 30-yillarda sheʼriyat taraqqiyotida „Apolo“ („Apollon“) toʻgaragi muhim roloʻynadi. M. adabiyoti 2-jahon urushidan keyingi yillarda, ayniqsa, gurkirab rivojlandi. Bu davr adabiyotida demokratik gʻoyalarni kuylagan bir qancha isteʼdodli yoshlar paydo boʻldi. Tinchlik va kelajak uchun kurash adiblarning asosiy mavzui boʻldi. 40— 50-yillar hikoyanavisligida Abdurahmon alhamisiy va Abdurahmon ashSharkaviy ijodi asosiy oʻrinni egallaydi. Hamisiyning „Qonli koʻylak“, „Qotmagan qon“, „Biz oʻlmaymiz“ va Sharkaviyning „Bayroq“, „Markaziy koʻcha ortidan“ kabi toʻplamlarida milliy mustaqillik uchun kurash aks etgan. Xuddi shu mavzu romantik ruxda Yusuf asSiboyining „Yuragimni qaytarib ber“ va Ishoq Abdul Quddusning „Oʻyimizda erkak bor“ asarlarida oʻz ifodasini topgan. Bu davrdagi ijtimoiymaishiy mavzuni aks ettirgan romanlar diqqatga sazovor. Nagib Mahfuz inqilobgacha va undan soʻnggi davr haqida yirik asarlar yaratdi. „Ovloqkoʻchalar“, „Ibtido va in-tiho“ nomli romanlari va „Bayn al-Qasrayn“, „As-Sukkariya“ trilogiyasi adibga shuhrat keltirdi. U 50-yillarda tanqidiy realizm anʼanalarini davom ettirib, zamonaviy mavzudagi „Kuzgi bedanalar“, „Yoʻl“, „Gado“ kabi romanlar yozdi. M. jamiyati hayotida yuz berayotgan ijtimoiy hodisalarni aks ettirishga urinish adabiyotdagi asosiy yoʻnalishdir. 60—90-yillar adabiyotning dolzarb mavzudagi asarlari orasida al-Hitaniyning „Zaʼfaron“ koʻchasidagi hangomalar", al-Kuayidning „Misr diyoridagi jang“, „Qishki tush“, S Ibrohimning „Avgust yulduzi“ romanlari bor.
Meʼmorligi[tahrir]
M. qad. meʼmoriy yodgorliklarga boy mamlakat. 4 ming yillik rivojlanish davrini oʻz ichiga oluvchi Qad. M. meʼmorligida ehrom, maqbaralarning nodir shakl va turlari yaratildi. Bular jahon sanʼatining noyob namunalaridir. Yunon- Rim davri (milodiy 300 yil)da qad. meʼmoriy anʼanalar bilan yonma-yon yangi meʼmoriy obidalar yuzaga keldi. Xristianlik esa Bavit, Vodiy Na-trun, Soʻhoj sahrolaridagi monastirlarda aks ettirildi. M.ga arablar kelishi natijasida musulmon meʼmorligining rivojlanishiga asos solindi. Masjid, shoh saroyi, hammomlar va harbiy qalʼalar shahar meʼmorligining asosiy unsurlari boʻlib qoldi. Nilning sharqiy qirgʻogʻida qurilgan Fustat qalʼasi (640—41) arablarning M.da qurgan dastlabki meʼmoriy inshootidir. 8—9-yillardayoq toʻgʻri burchakli, hovlili, atrofi ustunli ayvonlar bilan oʻralgan oʻziga xos masjid binolari paydo boʻldi (Amir masjidi, 641 — 827; Ibn Tulun masjidi, 876—79 va boshqalar). Fotimiylar Fustatni bosib olib, uning shim.da M.ning hozirgi poytaxti — AlQohira (gʻolib)ni qurdilar (969). Fotimiylar (10—12-asrlar) va ayyubiylar (12—13-asrlar) davridan Qohirada koʻp masjidlar, inshootlar, shu jumladan, Qohiraning uch shahar darvozasi, Qohira qalʼasi qolgan. Mamluklar davri (13—16-asr boshlari)da katta masjidlar, madrasalar qurilishi mu-him oʻrin egalladi. Bu binolar bezagida koshinkorlik, tosh va oyna katta oʻrin oldi. 16-asrdan imoratlar, asosan, turk anʼanalari asosida qurildi. Mac, Muhammad Ali masjidi (qalʼada, 1630—48). 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida M. meʼmorligida qad. milliy anʼanalarni tiklashga intilish kuchaydi. Biroq, ayni vaqtda Yevropa klassitsizmining ham taʼsiri zoʻraydi. Suvaysh kanalining qazilishi (1835—69) bilan yangi shaharlar: Port-Said, Suvaysh, Ismoiliya qurildi. M.ning oʻziga xos sharoitida Yevropa meʼmorligini tatbiq etish tajribasi faqat tashqi sifatlarni yuzaki ravishda qabul qilish yoʻli bilangina bordi. 20-asr boshlarida Qohira Gezir va Rod o.larida qurilgan yangi binolar hisobiga ancha kengaydi. 20-asrning 30—50-yillarida M.ning ijtimoiy va madaniy hayotida oldinga siljish yuz berishi natijasida M. meʼmorligida zamonaviylik asosiy oʻrin egalladi. Iskandariya qayta qurilib, sharqda al-Muntaz, gʻarbda Ras at-Din qalʼalari bilan tutashdi. Oralikda istirohat bogʻlari, sport klublari qurildi. M. xalqining mustaqillik uchun kurashi utmishdagi milliy merosni ijodiy tiklash bayrogʻi ostida oʻtdi. An-Naxda „Uygʻonish“ nomini olgan bu harakat, ayniqsa, adabiyot va sanʼatga kuchli taʼsir etdi, meʼmorlik ham bundan chetda qolmadi. Shu davrdagi M. meʼmorlari oʻzining yangi yoʻnalishida jahrn zamonaviy meʼmorligining nazariya va amaliyotini inobatga olib bordi. Krxira (1955) va Iskandariya (1958) shaharlarini qayta qurish rejasi tuzildi. 60-yillarda yangi meʼmorlik uchun olib borilgan kurash, asosan, gʻalaba qozondi. Zamonaviy uslubda koʻpgina jamoat binolari (Qo-hira aeroporti, Iskandariyada „Falastin“ mehmonxonasi, Qohiraning yangi Madinat-an-Nosir tumani, 1959—62, bosh meʼmor Sayd Karim), Hukumat uyi, un-t shaharchasi, kasalxonalar, 100 ming oʻrinli stadion, sayyohlar markazi qurildi. Ularda oʻrta asr arab meʼmorligi anʼanalaridan ham foydalanilgan.
Tasviriy sanʼati[tahrir]
M.da qad. sanʼat obidalari koʻp saqlangan (q. Misr, Qadimgi Misr). Musulmon tasviriy sanʼ-atining bizgacha yetib kelgan ilk na-munalari fotimiylar davriga mansubdir. Fustatdagi hammom devoriga chizilgan rasmlar, tosh, yogʻoch, fil su-yagiga oʻymakorlik usulida ishlangan sozandalar, raqqosalar, chavandozlar qiyofalari, ov va ziyofat manzaralari, miniatyuralar, „Maqomot“ kitobiga ishlangan suratlar shu jumlaga kiradi. Ularning tasviriy uslubida yunon va qibt sanʼati anʼanalari taʼsiri seziladi. Oʻrta asr manzarali-amaliy sanʼatida kashta, toʻqima yoki bosma gulli matolar, rangbarang gulli so-pol buyumlar, togʻ billuridan tarashlab va oʻyib naqshlangan idishlar, sirkorlik bilan ishlangan shisha buyumlar, nafis oʻyma va qadama anjomlar, jimjimador yogʻoch mehroblar, minbarlar yasash keng urf boʻldi. M.dagi arab sanʼ-atining barcha turlarida naqsh va husnixat alohida oʻrin oladi. 10— 12-asrlar sanʼat asarlarining bezaklarida odam va jonivorlar tasviri koʻp uchraydi, keyingi davrlarda esa tabiat va oʻsimliklar tasviri, turli chiziqdar ustunlik qildi.
19-asr oxiri — 20-asr boshlarida M.da yangi tasviriy sanʼat vujudga keldi. Bu voqea, bir tomondan, yangi davrdagi yevropalik ustalar tajribasi va sanʼatini oʻzlashtirish, ikkinchi tomondan, milliy ozodlik harakati taʼsirida qad. va oʻrta asr milliy badiiy anʼanalarini qayta tiklash muddaosi bilan izoxlanadi. Zamonaviy M. sanʼati nisbatan yosh. Ilk davrda u gʻarb modern oqimlari taʼsirida boʻlsada, tezlikda milliy anʼanalar va qad. merosni oʻrganishga kirishdi. Yangi sanʼ-atning asoschilari Mahmud Muxtor va Mahmud Saidning ijodi 20-asrning 20—30-yillarida gullash davrini boshdan kechirdi. Bularga 40-yillarda yangi davr sanʼatining yirik vakili Muhammad Nagʻi qoʻshildi. Ularning ijodi oʻz xalqining qad. badiiy madaniyatiga intilishi, insonparvarligi va xalqparvarligi bilan ajralib turadi. Muxtorning yirik asarlaridan „Uygʻonayotgan Misr“ monumenti keng shuhrat qozongan. Nagʻining „Efiopiya hayotidan parcha“, „Pardoz“, „Qohiradagi koʻprik“ va boshqa asarlari mashhur. 1952 yil gi inqilob yosh realist rassomlar: manzarachi Georg Sabax, Labib Tadros, Said as-Sadr, portretchi Husan Bakar, Latif Nasim, Muhammad Uvays va boshqalarning ijodiga keng yoʻl ochdi. 50-asrlar rassomligida bezak kartinalar ham keng tarqaldi. Mashhur Jamol as-Sagʻinning „Ozodlik“, „Tinchlik gʻalabasi“, „Afrikaning uygʻonishi“ kabi ramziy haykallari muallifning insonparvarlik, xalq gʻalabasiga ishonchidan dalolat beradi. Haykaltaroshlardan M. Muso, A. Usmoniy, haykaltarosh va rassom Dia Sakkoflar milliy mavzuni ifodalashning realistik usullariga murojaat etadilar. Baʼzi yosh rassomlar Gʻarbdagi eng yangi modernistik oqimlar yoʻlidan borishga intiladi. Anʼanaviy manzarali-amaliy sanʼat turlari, suyak, yogʻoch, metall oʻymakorligi, zargarlik, toʻquvchilik, kulollik taraqqiy etgan. Suratkashlik ham rivojlandi: Abdul Vofiy, Fuod, Izzat, al-Buxgoʻri, Zuxdiy Roha va boshqa xalq amaliy sanʼatida chinni, oyna, tosh va zamonaviy sintetik materiallardan foydalanila boshladi. Qohiradagi nafis sanʼat maktabi badiiy in-tga aylantirildi.
Musiqa — M. madaniy qayotining ajralmas qismi. Qad. dramatik diniy janrlardan tortib maqamlargacha mashxur. Arab maqamlari Sharkdagi boshqa xalqlar orasiga ham yoyilgan. Cholgʻu as-boblari benihrya xilma-xil. Mustamlakachilik asorati M. madaniyati taraqqiyotiga gʻov boʻldi. Said Darvish (1892—1923) yangi M. musiqasining qaldirgʻochidir. Uning yorqin vatanparvarlik ruhidagi qoʻshiqlari koʻpgina arab mamlakatlariga yoyilgan. „Al-Barux“, „Shahrizoda“, „Oʻnlik gʻishtin“ kabi musiqali sahna asarlari M. zamonaviy musiqasiga asos boʻldi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida M. musiqasida konsertlar katta oʻrin oldi. Yangi konsert janrlari vujudga keldi. 1910—20 yillarda arab operettasi degan janr yuzaga keldi. Kompozitor S. Darvish bu janrning eng atoqli ar-bobi edi. 1914 yilda Koxirada asos solingan musiqa klubi keyinchalik Sharq musiqasi maktabiga (1929 yildan Arab musiqasi in-tiga) aylantirildi. 1927 yilda M. musiqa jamiyati tashki l etildi.
1952 yil inqilobidan soʻng M. musiqiy hayoti jonlandi. Bir qator oʻrta va oliy oʻquv yurtlarida musiqachilar tayyorlana boshladi. 60—80-yillarda, ayniqsa, shaharlarda ommaviy musiqa keng yoyildi. Qohira konservatoriyasi poytaxt opera teatrining milliy kad-rlar oʻchogʻidir. 1962 yilda Kohirada Operetta teatri ochilgan. M. musiqasida yangi gʻoyaviybadiiy zamin kuchaydi, mahalliy mavzularga eʼtibor koʻpaydi. M. sanʼatkorlari orasida Um Kulsum, Shams, Sagʻira, Shodiya, Fayz, Ahdam, Saboh singari yakkaxonlar mashhur.
Teyatri. M.da teatr sanʼati unsurlari eng qad. diniy marosim va bayram tomoshalariga borib taqaladi. Oʻrta asrlarda soya teatri boʻlgan. Mamluklar hukmronligi urf-odatlarini mazah qiluvchi komediyalar muallifi Ibn Daniala bu teatrning tanikli arbobi edi. Bu davrda qoʻgʻirchoq teatrlari qam keng yoyildi. „Araguz“ qoʻgʻirchoq teatri, ayniqsa, mashhur boʻldi. 1869 yilda Suvaysh kanali tantanali ochilishi munosabati bilan Opera teatri qurildi va J. Verdining „Rigoletto“, 1871 yilda „Aida“ operalari koʻrsatildi. 1869 yilda Yo. Sannua rahbarligida birinchi milliy professional teatr truppasi tashkil etildi va oʻzining arab tilidagi operettasini koʻrsatdi. Keyinchalik Qohira va Iskandariyada ham professional drama teatrlari ochildi. Bular orasida I. Farrah tomonidan tuzilgan (1891) teatr truppasi ijodi milliy musiqali dramaga asos boʻldi. Koʻpgina havaskorlik jamoalari ham ishladi. M. teatri taraqqiyotining key-ingi davri J. Abyod, M. Taymur, Yu. Vahbiy, T. alhakim kabi isteʼdodli teatr arboblari nomi bilan bogʻliq. 1920 yilda „Al-Ezbakiya“ teatri, 1923 yilda Yu. Vahbiy boshchiligida „Ramzes“ teatri, 1933 yilda „Milliy truppa“, 1935 yilda alhakim boshchiligida „Milliy teatr“ tashkil etildi. M. sekin-asta arab teatr madaniyatining markaziga aylandi. 1952 yil gi inqilobdan keyin arab xalqlari hayotidagi siyosiy va ijtimoiyiqtisodiy oʻzgarish milliy sanʼ-at, jumladan, teatr sanʼati taraqqi-yotida muhim rol oʻynadi. Qohiradagi Milliy teatr, Xalq teatri, „Arab teatri“ kabi davlat teatrlarining faoliyati yangi bosqichga koʻtarildi. Teatr sanʼati in-ti (1952), „26 iyul teatri“ (1959), „Al-Jumhuriya“ (1961) teatri ochildi. Qoqirada xususiy teatrlar ham bor. Iskandariyadagi Muhammad Ali teatr truppasi, „Kleopatra“ teatri, Milliy teatr, shuningdek, Qohira, Port-Said, Damanhur, Tanta kabi shaharlardagi havaskorlik trup-palari ham mashhur. Teatrlar repertu-arlaridan Yo. Sannua, Yu. Vahbiy, A. Ezbak, T. alhakim, M. Taymur, A. Farrah, Yu. Idris kabi milliy hamda ja-hon klassiklarining asarlari oʻrin olgan. Ularda M. koʻcha xalq teatri usullaridan ham foydalaniladi. Sahna sanʼatining boshqa turlari kabi xalq raqs sanʼati ham qadimiydir. Har bir teatr truppasi raqsga katta oʻrin beradi. Mumtoz baletga qiziqish M. sahnasiga Gʻarb mumtoz baletining kirib kelishi bilan boshlandi. Mamlakatda xususiy balet maktablari tashkil etildi, qobiliyatli yoshlar balet sanʼatini oʻrganish uchun Yevropa shaharlariga yuborildi. 1959 yilda milliy xoreografiya maktabi ochildi.
Kiiosi. 1896 yil da Iskandariyada birinchi kinoteatr ochilgan, unda xorijiy filmlar koʻrsatilgan. 1912 yilda hujjatli lentalar ishlab chiqarila boshlagan. Dastlabki arab badiiy filmlari — „Jar yokasida“ va „Uzilgan gul“ 1917 va 1918 yillarda ekranga chiqarilgan boʻlsada, ularni muttasil ishlab chiqarish 1927 yildan boshlangan. Ilk arab ovozli filmlari („Laylo“, rej. A. Jalol; „Qalb qoʻshigʻi“, rej. J. Abyod va Nadra; „Boylarning bolalari“, rej. M. Karim) 1931 yilda Parijda suratga olingan. 30-yillar oxiri — 40-yillar boshida milliy kinoni rivojlantirish harakati boshlandi. 1935 yilda Qohirada „Misr“ milliy kinostudiyasining ochilishi bilan arab kinematografiyasi tez rivojlana boshladi. 1927—38 yillar mobaynida 70 ta kinofilm, 1952 yildan esa har yili 60—70 tadan kinofilm ishlab chiqarildi va M. kinematografiyasi xalqaro miqyosda tanila boshladi. „Yurakdagi oʻq“, „Oq gul“ (rej. M. Karim), „Doʻzax osmoni“, „Jamila“ (rej. Yu. Shaxin), „Iroda“ (rej. K. Salim), „Sevgi va koʻz yoshlari“ (rej. K. ash-Shayx), „Qora koʻzoynak“ (rej. X. Mustafo) kabi arab filmlari mamlakat va chet el kino-ekranlarida shuhrat qozongan. 1963 yilda Kino, radio va telekoʻrsatuv bosh boshqarmasi tuzildi. 60-yillarda G. Barakatning „Gunoh“, T. Salohning „Qahramonlar kurashi“, S. Sayfining „Sevish mavridi emas“ filmlarida xotinqizlar ozodligi masalasi, Yu. Shaxin, K. ash-Shayxning filmlarida dehqonlar va ziyolilarning ongi uygonishi muammolari koʻtarildi. 70—80-yillarda ekranga chiqarilgan badiiy tasmalar xalq hayoti, turmush jumboqlari, maorif islo-hoti va boshqa mavzularga bagʻishlangan. 1975 yildan milliy kino festivallari, 1976 yildan Qohira xalqaro kinofestivallari muntazam oʻtkazila boshladi. M.ning koʻplab filmlari Jeneva, Bayrut, Toshkent kinofestivallarida oltin sovrin va faxriy yorlikdar bilan takdirlangan. Mamlakatda 8 kinostudiya, 350 kinoteatr bor.
Oʻzbekiston — Misr munosabatlari[tahrir]
- Asosiy maqola: Oʻzbekiston — Misr munosabatlari.
|
---|
Afgʻoniston · Armaniston · Ozarbayjon1 · Bahrayn · Bangladesh · Butan · Bruney · Birma · Kambodja · Xitoy Xalq Respublikasi · Xitoy Respublikasi (Tayvan) 2 · Qibris · Misr 3 · Gurjiston1 · Hindiston · Indoneziya 4 · Eron · Iroq · Isroil · Yaponiya · Iordaniya · Qozogʻiston1 · Shimoliy Koreya · Janubiy Koreya · Quvayt · Qirgʻiziston · Laos · Livan · Malayziya · Maldivalar · Moʻgʻuliston · Nepal · Ummon · Pokiston · Filippin · Qatar · Rossiya1 · Saudiya Arabistoni · Singapur · Shri-Lanka · Suriya · Tojikiston · Tailand · Sharqiy Timor 4 · Turkiya 1 · Turkmaniston · Birlashgan Arab Amirliklari · Oʻzbekiston · Vyetnam · Yaman 3
1 Qisman Yevropada. 2 Xitoy Respublikasi (Tayvan) BMT tomonidan tan olinmagan. |
Manbalar[tahrir]
Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
`