1999
1999
Yillar |
---|
1991 · 1992 · 1993 · 1994 — 1995 — 1996 · 1997 · 1998 · 1999 |
Oʻn yilliklar |
1970-lar
· 1980-lar — 1990-lar — 2000-lar
· 2010-lar
|
Asrlar |
XIX asr
— XX asr — XXI asr |
1999 yil1999 yil - "Ayollar yili"13 yanvar. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita tashkil etildi.
Yanvar. "Oʻzbekiston tarixi" jurnalining 1-soni chiqdi.
Yanvar. Namangan viloyatining Kosonsoy shahrida "Kosonsoy-Tekmen" Oʻzbekiston — Turkiya toʻqimachilik qoʻshma korxonasi foydalanishga topshirildi.
Yanvar. Xorazm viloyatida shoir va mutafakkir Pahlavon Mahmudning 750 yilligi keng nishonlandi.
4 fevral. "Fidokor" gazetasi chop etila boshladi.
6 fevral. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida" qaror qabul qildi.
16 fevral. Toshkent shahrida terrorchi kuchlar siyosiy va diniy ekstremistlar tomonidan uyushtirilgan terrorchilik harakati oqibatida 16 nafar begunoh inson oʻldirildi, 120 kishi tan jarohati oldi.
18 fevral. "Oilada, davlat va jamiyat qurilishida ayollarning rolini kuchaytirish, ularni xuquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari" davlat dasturi ishlab chiqildi.
26 fevral. Prezident farmoni bilan "Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisida"gi Nizom tasdiqlandi.
Fevral. Toshkentda Oʻzbekiston tarixchilari jamiyati tashkil etildi.
2 mart. 9 may Xotira va qadrlash kuni deb eʼlon qilindi.
15 mart. Ibn Sino xalqaro jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtkazildi.
21 mart. Samarqand shahrida rus va oʻzbek tillaridagi haftalik "Darakchi" gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.
30 mart. "Interkontinental" mehmonxonasi har yili oʻtkaziladigan Yevropa "Interkontinental" otellari koʻrik tanlovida birinchilikni oldi.
Mart. "SamKochAvto" qoʻshma korxonasida shaharlararo va shahar ichida qatnashga moʻljallangan dastlabki avtobuslar ishlab chiqarildi. Mart. "Teatr" oylik adabiy-badiiy, axborot-reklama jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi.
7 aprel. Toshkent Islom universiteti tashkil etildi.
14—15 aprel. 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 15-sessiyasida "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida" (yangi tahrirda), "Oʻrmon toʻgʻrisida", "Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida", "Xotinqizlarga qoʻshimcha imtiyozlar berish toʻgʻrisida" qonunlar qabul qilindi.
23 aprel. Toshkentda Maʼrifatchilar jamiyatining taʼsis majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda jamiyat Nizomi tasdiqlandi.
Aprel. Brisben (Avstraliya)da oʻtkazilgan Xalqaro "Gran pri" turnirida oʻzbek karatechilari 25 ta medalni qoʻlga kiritdilar, ulardan 14 tasi oltin medallardir.
1—2 may. Toshkentda kurash boʻyicha birinchi jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Unda jahonning 48 ta mamlakatidan sportchilar qatnashdi.
9 may. Oʻzbekiston Respublikasida birinchi bor 9 may Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlandi. Toshkentda Vatan ozodligi uchun jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida "Xotira va qadrlash maydoni" barpo etildi.
17 may. Toshkent — Samarqand yoʻnalishida elektrpoyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
17 may. Shoʻrtan gaz-kimyo majmui qurilishida uni umumiy temir yoʻl tarmogʻi bilan ulaydigan uzunligi 20 km boʻlgan Jiyron—Shoʻrtan temir yoʻl tarmogʻi foydalanishga topshirildi.
27 may. Navoiy viloyati Navoiy shahri tarkibida Karmana tumani tashkil etildi.
May. Navoiy viloyatida Navbahor gidrouzeli foydalanishga topshirildi.
10 iyun. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti taʼsis etildi.
Iyun. Navoiy shahrida oʻt oʻchiruvchi mashinalarni yigʻish boʻyicha Oʻzbekiston—Ukraina qoʻshma korxonasi ishga tushdi.
1 iyul. Oʻzbekiston bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasida sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim ratifikatsiya qilindi.
19-20 iyul. Toshkentda Afgʻoniston muammosini hal etish boʻyicha "6+2" guruhining BMT homiyligidagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda tarixiy Toshkent deklaratsiyasi kabul qilindi.
Iyul. Andijon viloyatining Marhamat tumanida Oʻzbekiston—Rossiya "Ekomevalar" qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsata boshladi.
Iyul. Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan "IL— 114" samolyoti Toshkent—Nukus, Toshkent—Fargʻona yoʻnalishlari boʻyicha doimiy parvozlarni amalga oshira boshladi.
7 avgust. Toshkentda Maʼnaviyat va maʼrifat respublika kengashining taʼsis konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
18 avgust. Vazirlar Mahkamasining Yevropa — Osiyo transkontinental avtomagistralini loyihalash ishlari boʻyicha qarori chiqdi.
19-20 avgust. 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 15-sessiyasida "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida", "Turizm toʻgʻrisida", "Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida" qonunlar qabul qilindi.
26 avgust. Samarqandda "Sharq taronalari" ikkinchi xalqaro musiqa festivali ochildi.
Avgust. Fargʻona tumanida pillani qayta ishlaydigan Vodil pillakashlik fabrikasining birinchi navbati ishga tushdi.
20—21 sentyabr. Toshkentda "Buyuk ipak yoʻli"ni tiklash boʻyicha xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Unda Oʻrta Osiyo mamlakatlaridan tashqari Xitoy, Turkiya, Gruziya, Ozarbayjon, Suriya va boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilot vakillari qatnashdilar.
21 sentyabr. Shahidlar xotirasi xayriya jamgʻarmasi tuzildi.
27 sentyabr. Toshkentda Amerikaning "Motorola" kompaniyasi vakolatxonasi va radiostansiyalar ishlab chiqaradigan "Oʻzbekiston—Motorola—Telekom—Radio" qoʻshma korxonasining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
12 oktyabr. "Oltin meros" xalqaro xayriya jamgʻarmasi tuzildi.
23—30 oktyabr. Toshkentda boks boʻyicha 20-Osiyo chempionati oʻtkazildi. Unda 20 mamlakatdan 210 sportchi qatnashdi.
26 oktyabr. "Sharq ayoli" xalqaro ayollar jamgʻarmasi tuzildi.
Oktyabr. Samarqanddagi "SamKochAvto" Oʻzbekiston — Turkiya qoʻshma korxonasi ishlab chiqarayotgan avtobuslarning dastlabki turkumi eksportga joʻnatildi.
Oktyabr. Toshkentda Respublika "Toshkent" fond birjasi bilan Frankfurt fond birjasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik va hamjihatlik memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Oktyabr. Nukusda Onkologiya ilmiy markazi ochildi.
Oktyabr. Andijon viloyatining Shahrixon tumanida "Anteks" ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati toʻqimachilik korxonasi ishga tushirildi. Oktyabr. "Kurash" jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi.
5 noyabr. Xorazmda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi keng nishonlandi.
6 noyabr. Termiz shahrida "Alpomish" dostonining 1000 yilligiga bagʻishlangan bayram tantanalari boʻlib oʻtdi.
1 dekabr. Toshkentda "Kabul—Oʻzbek Ko" Oʻzbekiston—Koreya toʻqimachilik qoʻshma korxonasi ishlab chiqarish majmuining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
5 va 19 dekabr. Barcha viloyat, tuman va shaharlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va mahalliy Kengashlar deputatligiga erkin demokratik saylovlar boʻlib oʻtdi.
17 dekabr. Qoraqalpogʻistonda 115 km uzunlikdagi Miskin — Sulton Uvays magistralida temir yoʻl izlarini tutashtirish ishlari nihoyasiga yetkazildi.
17 dekabr. Xorazmda oʻzbek shoiri, tarixchi Ogahiyning 190 yilligi nishonlandi.
18 dekabr. Nukusda Ajiniyoz Koʻsiboy oʻgʻli tavalludining 175 yilligi nishonlandi.
29 dekabr. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Termiz shahrining 2500 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida"gi qarori chiqdi.
1999 - Toshkentda "Toshkent-plaza" xalqaro savdo koʻrgazma majmuasi bunyod etildi.
1999 - Oʻzbekiston isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tuzildi.
Этот год — невисокосный год, начинающийся в пятницу (смотрите здесь календарь).
Voqealar[tahrir]
См. также: Категория:События 1999
- Bolgariya NATOning Yugoslaviyaga qarshi harbiy harakatini qoʻllab-quvvatladi. Bolgariya hukumati NATOga kirishga tayyor ekanligini bildirdi.
- mart - Gʻarb davlatlari Kosovo hududida tinchlik oʻrnatish uchun u yerga NATO qoʻshinlarini olib kirishni
talab qilib chiqdi. Yugoslaviya prezidenti Slobadan Miloshevich bunga rozi boʻlmadi va natijada NATO Serbiyaga qarshi yirik harbiy-havo operatsiyalarini boshlab yubordi.
- mart - Rossiya Davlat Dumasida yana impichment haqidagi masala koʻyildi va prezident Boris Nikolaevich Eltsin qonunchilik yoʻli bilan hokimiyatdan chetlashtirishdan kutulishga muvaffak boʻldi.
- aprel-may - Hindiston va Pokistonda yadro quroli sinovi oʻtkazildi.
- 1-2 may - Toshkentda kurash boʻyicha birinchi jahon chempionata boʻlib oʻtdi. Unda jahonning 48 ta mamlakatidan sportchilar qatnashdi. Buxorolik Akobir Qurbonov, Kamol Murodov va boshqa oʻzbek kurashchilari dastlabki jahon chempionlari boʻlishdi.
- 19 may-14 avgust - Sergey Vadimovich Stepashin Rossiya Federatsiyasi xukumati raisi etib tayinlandi.
- 19-20 iyul - Toshkentda Afg'oniston muammosini xal etish boʻyicha «6+2» guruhining BMT homiyligidagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda tarixiy Toshkent Deklaratsiyasi qabul qilindi.
- sentyabr - Kosovo xududiga NATO qoʻshini kiritildi.
- oktyabr - Indoneziyada harbiy toʻntarish yuz berdi. Mamlakatda umumxalq saylovi boʻldi. Demokratiyani tiklash toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul qilindi. Musulmon diniy partiyasi gʻalaba qildi.
- 1 yanvar — введение евро в безналичных расчётах
- 24 mart — начало военной операции НАТО в Югославии
- 20 aprel — трагедия в средней школе Колумбайн (Литлтон, Колорадо, США). Двое подростков расстреляли своих одноклассников и учителя
- 17 avgust — согласно Постановлению кабинета Министров Украины № 078 ликвидировано Киевское высшее инженерное радиотехническое училище ПВО страны им. маршала авиации А. И. Покрышкина (КВИРТУ ПВО)
- сентябрь — взрывы жилых домов в Москве и Волгодонске. Всего в результате терактов погибли в общей сложности около 300 человек
- 28-dekabr — Saparmurot Niyazov Turkmanistonga umrbod prezident deb e'lon qilindi.
- 31 dekabr — Ельцин, Борис Николаевич первый президент Российской Федерации уходит в отставку
Vafot etgan[tahrir]
- 5 fevral — Василий Леонтьев, выдающийся учёный-экономист, лауреат Нобелевской премии по экономике (1973).
- 26 fevral — Стасис Англицкис, литовский поэт.
- 11 mart - Герберт Генри Джаспер, канадский нейрофизиолог.
- 21 avgust — Веня Дркин (Александр Литвинов), русский поэт, музыкант, бард.
- 24 avgust — Илья Тюрин, русский поэт, философ, рок-музыкант.
- 8 noyabr — Юрий Васильевич Малышев, российский космонавт.
Нобелевские премии[tahrir]
- Физика — Герард Хоофт и Мартин Вельтман — «За прояснение квантовой структуры электрослабых взаимодействий».
- Химия —
- Медицина и физиология —
- Экономика —
- Литература — Гюнтер Грасс — «За то, что его игривые и мрачные притчи освещают забытый образ истории».
- Премия мира —
Bu maqola ruscha yozilgan. |
|
Iltimos, maqolani oʻzbek tiliga tarjima qiling. |
Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |