Iso Masih

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Iso Masih Falastin yerida tavallud topgan shaxs. Uch Dunʼyo dinlari Iso Masihni tarixiy shaxs deb tan oladi. Yahudiylar Galileyalik Isoni I asrda oʻtgan rabbi yoki domla sifatida, Islom dinida paygʻambar (Iso Alayhisalom) sifatida, Masihiylikda esa insoniyatni gunohlardan qutqaruvchi va Borliq Yaratuvchisi bilan yarashtiruvchi Ilohiy Zot (Iso Masih) sifatida etiqod qiladi.

Iso, Iso Masih — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri. Islomda Muhammad (sav)dan oldingi paygʻambar sifatida alohida eʼzozlanadi. Qurʼonda, shuningdek, "al-Masih" ("xudo yarlaqagan"), Ibn Maryam ("Maryamning oʻgʻli"), Abdulloh ("Allohning quli"), Rasululloh ("Allohning elchisi"), Allohning muqarrabi (yaqini), "Haqni soʻzlovchi", deb taʼriflanadi. I.ga Injil nozil qilingan. Qurʼonga koʻra, I. — Allohning oʻgli emas, Xudo ham emas. I. — Allohning bandasi va bokira qiz Maryamdan moʻʼjiza b-n tugʻilgan. Alloh unga "Bani Isroil" qavmini hidoyatga boshlash uchun paygʻambarlik darajasini iroda etdi. I. odamlarni oʻz taʼlimotiga ergashishlariga daʼvat qildi. Yahudiylarni notoʻgʻri yoʻllardan qaytarib, ularga halol va haromni tushuntira boshladi. Oʻzidan keyin Ahmad (yaʼni Muhammad) nomida bir paygʻambar boʻlishi bashoratini ham yet-kazdi.

Xristianlikda I. Iisus Xristos nomi b-n yuritilib, xrispgianlik asoschisi hisoblanadi ("Xristos" soʻzi yunoncha boʻlib, oʻzbek tilida "xaloskor" maʼnosini anglatadi). Xristian cherkovlarining aksariyati uni Xudo-odam sifatida ulugʻlaydi. Injilga koʻra, I. xudoning oʻgʻli boʻlgan, Vifleyem (hoz. Beyt Laxm sh.)da duradgor Iosifning xotini Mariyadan tugʻilgan. Iosif va Mariya goʻdagi b-n podshoh Irod I taʼqibidan qochib, Misrga boradilar, keyin Galileya (Falastin)ga qaytadilar. I. targʻibotchilik faoliyatini boshlab yuboradi. Uni Ioann Krestitel choʻqintiradi. I. atrofiga 12 shogird (apostol — havoriy)larni toʻplaydi. Xavoriylardan biri I. targʻibot qilayotgan yangi taʼlimotni oshkor etib qoʻygach, yahudiylar sudi — sinedrion I.ni oʻlim jazosiga hukm qiladi. Rim noibi Pontiy Pilat hukmni tasdiqlaydi, I. chormix qilinib qatl etiladi. Lekin u tirilib oʻz shogirdlari oldiga keladi. Xristianlar I.ning tirilib kelishi ("voskresenye")ga ishonadilar.

Fanda I.ning tarixiyligi eʼtirof etiladi. U 1-a.ning 1-yarmida Falastinning Galileya mintaqasida Iisus (Iyeshua) ismi b-n sayyor daʼvatchi sifatida faoliyat koʻrsatgan. I.ning tar-gʻiboti fariseylar va esseylar taʼli-moti kabi maxdud emas, balki falas-tin jamiyatining barcha tabaqalariga qaratilgandi. Shu boisdan ham keyingi asrlarda grekrim zaminida I. taʼlimotining tarafdorlari mahalliy tusdagi bu harakatni Oʻrta dengiz hav-zasini toʻligʻicha qamrab olgan olamshu-mul dinga aylantirishga erishdilar.

Adabiyot[tahrir]

  • Paygʻambarlar qissasi, T., 1993.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil