1994

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

1994

Yillar
1986 · 1987 · 1988 · 198919901991 · 1992 · 1993 · 1994
Oʻn yilliklar
1970-lar
· 1980-lar1990-lar

2000-lar

· 2010-lar
Asrlar
XIX asr
XX asr

XXI asr

1994 yil6 yanvar. Muborak gazni qayta ishlash zavodida yangi 14-blok ishga tushirildi.

6 yanvar. "Toshkent—Jizzax" elektr poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

25 yanvar. Toshkentda Yevropa va Osiyo mamlakatlari sanoatchilar va ishbilarmonlar xalqaro kongressi kengashining yigʻilishi ish boshladi.

4 fevral. Oʻzbekiston Avtomobil transporti xalqaro uyushmasiga aʼzo boʻldi.

11 fevral. Nukusda Orol muammosiga bagashlangan xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi.

24 fevral. Norvegiyaning Lillixammer stadionida 17-qishki Olimpiadada hamyurtimiz Lina Cheryazova fristayl boʻyicha olimpiada chempioni boʻldi.

15 mart. Qashqadaryo viloyat davlat qoʻgʻirchoq teatri tashkil etildi.

19 mart. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan 1994 yil "Mirzo Ulugʻbek yili" deb eʼlon qilindi.

Mart. Buxoro viloyatining Kogon shahrida grafit-gips kombinatining birinchi navbati ishga tushirildi.

8 aprel. "Toshkent" Respublika fond birjasi tashkil etildi (birja 1995 yildan "Yevrosiyo" fond birjalari federatsiyasiga, 2001 yildan MDH birjalari assotsiatsiyasiga aʼzo).

8 aprel. Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi tashkil etildi.

13 aprel. "Oʻzbekinvest" eksportimport milliy sugʻurta kompaniyasi tashkil etildi.

23 aprel. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti "Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat" jamoatchilik markazi tashkil qilish toʻgʻrisida" farmon chiqardi.

Aprel. Oʻzbekiston Respublikasi jahon pochta ittifoqiga aʼzo boʻldi.

Aprel. Uzunligi 94 km boʻlgan Gazli — Nukus gaz quvurining birinchi navbati ishga tushirildi.

5 may. Oʻzbekistonning oliy darajadagi unvoni — "Oʻzbekiston Qahramoni" taʼsis etildi.

5 may. "Mustaqillik", "Doʻstlik" ordenlari, "Jasorat", "Shuhrat" medallari taʼsis etildi.

12 may. "Savdogarbank" aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.

24 may. Toshkentda Qozogʻiston Respublikasi elchixonasi ochildi.

30 may. Toshkentda birinchi marta "Prezident kubogi" uchun xalqaro tennis musobaqasi boʻlib oʻtdi.

May. "Andijonirmash" zavodi negizida tashkil etilgan "OʻzEKS" Oʻzbekiston—Rossiya qoʻshma korxonasi dastlabki besh ekskavatorni tayyorladi.

May. Nukusda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi tarkibida Bioekologiya ilmiytadqiqot instituti ochildi.

8 iyun. Oʻzbekistonda birinchi "Vaqt" milliy depozitariysi — ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etildi.

21 iyun. "Trastbank" aksiyadorlik birja banki tashkil etildi.

1 iyul. Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi — soʻm muomalaga kiritildi.

18 iyul. Toshkentda Konrad Adenauer fondi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

2 avgust. Toshkentda "Yunusobod" sport maj-mui ochildi (1-navbati —1994 yil, 2-navbati 1997 yil, suv havzasi 2001 yilda qurib bitkazilgan). Hozir "Oʻzbekiston" sport majmui nomi bilan ataladi.

Avgust. Qoʻngʻirot tumanida karbid ishlab chiqaruvchi zavod, Namangan viloyatining Uychi tumanida asfalt zavodi ishga tushirildi. Avgust. Toshkentda "Tafakkur" jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi. Avgust. "Gʻallabank" aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.

2 sentyabr. Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tashkil etildi.

8 sentyabr. Qatar davlatining poytaxti Doʻhada boʻlib oʻtgan oʻsmirlar Osiyo chempionatida toshkentlik shaxmatchi Rustam Qosimjonov oltin medalni qoʻlga kiritdi.

22—23 sentyabr. Toshkentda 12-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 16-sessiyasida "Yer osti boyliklari toʻgrisida" qonun qabul qilindi.

22 sentyabr. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va Jinoyat protsessual kodeksi qabul qilindi. 22 sentyabr. Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi toʻgʻrisida Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.

24—25 sentyabr. Xorazmda davlat arbobi va shoir Feruz tavalludining 150 yilligi nishonlandi.

Sentyabr. Toshkentda Yevropa hamjamiyatining TASIS dasturi doirasida ishbilarmonlik aloqalari Markazi ochildi.

Sentyabr. Jizzax shahrida "Oʻzbekmebel" davlat-aksiyadorlik birlashmasi tizimida Jizzax mebel fabrikasi tashkil etildi.

3 oktyabr. Toshkentda Jahon sayyohlik tashkilotining "Ipak yoʻli" xalqaro konferensiyasi ochildi. "Ipak yoʻli boʻylab sayyohlik boʻyicha Samarqand deklaratsiyasi" qabul qilindi.

6 oktyabr. Nukusda buyuk olim, mashhur astronom Mirzo Ulugʻbek haykali ochildi.

12 oktyabr. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining galereyasini tashkil qilish toʻgʻrisida"gi qaroriga binoan Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat galereyasiga asos solindi (2004 yilda maxsus qurilgan binoga joylashtirildi).

13—15 oktyabr. Toshkent va Samarqandda Mirzo Ulugʻbek tavalludining 600 yillik yubileyi tantanalari boʻlib oʻtdi. Toshkentda "Mirzo Ulugʻbek va uning jahon taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi" mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazildi.

14 oktyabr. Jinoyat-qidiruv politsiyasi (Interpol) Bosh assambleyasining 63-sessiyasida Oʻzbekiston Interpolning Xalqaro tashkilotiga qabul qilindi.

16 oktyabr. Yaponiyaning Xirosima shahrida futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 12-Osiyo oʻyinlari chempioni boʻldi.

7 noyabr. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi.

8 noyabr. Samarqand davlat chet tillar instituti tashkil etildi.

Noyabr. Ellikqalʼada "Elteks" toʻqimachilik kombinati ishga tushirildi. 6 dekabr. Toshkentda buyuk adib Abdulla Qodiriy tavalludining 100 yilligiga bagʻishlangan tantanali kecha boʻlib oʻtdi.

19 dekabr. Toshkentda Oʻzbekistonning Xalqaro bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF)ga aʼzo boʻlib kirishi toʻgʻrisidagi bitim imzolandi.

20 dekabr. Buxoroda binokorlik uchun marmar plitalar ishlab chiqaradigan zavod ishga tushirildi.

23 dekabr. Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi tashkil etildi.

25 dekabr. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylovlarning 1-turi boʻlib oʻtdi.

29 dekabr. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash toʻgʻrisida" qaror qabul qildi.

29 dekabr. Oʻzbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiyasi tashkil etildi.

Dekabr. "Nukus—Moskva" yoʻnalishi boʻyicha tezyurar poyezdlarning muntazam qatnovi boshlandi.

1994 - Toshkentda Oʻzbekiston — Buyuk Britaniya "OʻzBAT" qoʻshma korxonasi tashkil etildi.

1994 - Samarqand shahrida 4 yulduzli "Afrosiyob" mehmonxonasi qurib bitkazildi;1994 - "Yogʻdu" kinostudiyasi tashkil etildi.

Этот год — невисокосный год, начинающийся в субботу (смотрите здесь календарь).

Voqealar[tahrir]

См. также: Категория:События 1994

Tugʻilgan[tahrir]

Vafot etgan[tahrir]

Нобелевские премии[tahrir]


Bu maqola ruscha yozilgan.

nothumb

Iltimos, maqolani oʻzbek tiliga tarjima qiling.