TexasAQSh shtatlaridan biri boʻlib, aholi va maydon jihatdan ikkinchi oʻrinda, qitʼa shtatlari orasida esa birinchi oʻrinda turadi. Nomi kaddo tilidagi „Tejas“ soʻzidan olingan boʻlib, „doʻstlar“ yoki „ittifoqdoshlar“ degan maʼnoni anglatadi. Geografik jihatdan mamlakat janubi-markazida joylashgan boʻlib, janubdan Meksikaning Chihuahua, Coahuila, Nuevo León va Tamaulipas shtatlari, gʻarbdan AQShning New Mexico, shimoldan Oklahoma, shimoli-sharqdan Arkansas va sharqdan Louisiana shtatlari bilan chegaradosh. Texas maydoni 696 200 km2 boʻlib, unda 26,1 million aholi istiqomat qiladi. Texas Amerikaning qishloq xoʻjalik, chorvachilik, taʼlim, neft va kimyo sanoati, iqtisodiy markazlaridan biri sanaladi. Shtat poytaxti — Austin. Shtatning pochta qisqartmasi — TX. (Davomi...)
OʻzSE keng ommaga moʻljallab yozilgan. Ensiklopediya sovet davrida yozilgani uchun undagi maqolalarning aksari kommunistik mafkuraning taʼsiri ostida yozilgan. Bunga qaramasdan ensiklopediyada ijtimoiy va tabiiy fanlar boʻyicha mukammal maʼlumot berilgan. (Davomi...)