TexasAQSh shtatlaridan biri boʻlib, aholi va maydon jihatdan ikkinchi oʻrinda, qitʼa shtatlari orasida esa birinchi oʻrinda turadi. Nomi kaddo tilidagi „Tejas“ soʻzidan olingan boʻlib, „doʻstlar“ yoki „ittifoqdoshlar“ degan maʼnoni anglatadi. Geografik jihatdan mamlakat janubi-markazida joylashgan boʻlib, janubdan Meksikaning Chihuahua, Coahuila, Nuevo León va Tamaulipas shtatlari, gʻarbdan AQShning New Mexico, shimoldan Oklahoma, shimoli-sharqdan Arkansas va sharqdan Louisiana shtatlari bilan chegaradosh. Texas maydoni 696 200 km2 boʻlib, unda 26,1 million aholi istiqomat qiladi. Texas Amerikaning qishloq xoʻjalik, chorvachilik, taʼlim, neft va kimyo sanoati, iqtisodiy markazlaridan biri sanaladi. Shtat poytaxti — Austin. Shtatning pochta qisqartmasi — TX. (Davomi...)
Isfana (qirgʻ.Исфана; rus.Исфана) — QirgʻizistonningBotken viloyati gʻarbiy chekkasida joylashgan shahar. Isfana Fargʻona vodiysining gʻarbiy chekkasida, uch tomondan Tojikiston bilan chegaradosh hudud ichida joylashgan. Isfana va uning atrofida joylashgan qishloqlar Qirgʻizistonning boshqa shahar-qishloqlaridan uzilib qolgan. Isfana Laylak tumanining administrativ markazidir. Mirzapochcha, Samat, Chimgen, Oqbuloq, Taylon va Gʻoʻlva qishloqlari ham Isfana shahar boshqarmasiga qaraydi. Isfananing rasmiy veb-sahifasida berilgan maʼlumotga koʻra, Isfana va unga qarashli qishloqlarning umumiy aholisi 28,085 kishidir. Shaharning oʻzida boʻlsa taxminan 18,200 kishi istiqomat qiladi. (Davomi...)