Bosh Sahifa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buttons Uzbekistan.png
Har kim yoza oladigan
Ochiq Ensiklopediya

Maqola yarating


Tanlangan maqola
Britaniya imperiyasi bayrogʻi

Britaniya imperiyasi (ingl. British Empire) — odam yashaydigan barcha qitʼalarda koloniyalari mavjud boʻlgan insoniyat tarixidagi eng yirik davlat. XX-asrning 30-yillariga kelib Britaniya imperiyasi yer sharining qariyb toʻrtdan birini, yaʼni, 41,2 mln. km² (shundan 8 mln.i aholi yashamaydigan yerlar) maydonni egallagan. Imperiyaning hech boʻlmagan bitta koloniyasida quyosh nur sochib turganligi sababli Britaniya imperiyasini „Quyosh botmaydigan imperiya“ deb atashgan. Imperiya aholisining soni esa 480 mln. kishiga, yaʼni oʻsha paytdagi yer shari aholisining choragiga teng boʻlgan. Aynan Pax Britannica natijasi sababli ingliz tili transport va savdo sohasidagi boshqa tillar orasida yetakchi til hisoblanadi. Britaniya imperiyasi Buyuk Britaniya va unga qaram boʻlgan mustamlakalarni ifodalaydigan tushuncha boʻlib, u 1870-yillardan boshlab rasman qoʻllanila boshladi. Britaniya imperiyasi tarkibiga Britaniya bilan birgalikda hamma dominionlari va mustamlakalari — Irlandiya (XII asrlar), Shimoliy Amerika (Virginiya) (1607), Gollandiya va Shimoliy Amerikadagi boshqa hududlar (1652-54; 1665-67 va 1672-74), Portugaliya va uning mustamlakalari (XVII asr oʻrtalari), Ispaniya mustamlakalari, Kanada, Shimoliy Amerikaning qolgan qismi (1756—63), Bengaliya (1757), Malta, Seylon (1814—15), Hindiston, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika (XIX asr 1-yarmi), Syangan (Gonkong) oroli (XIX asr 2-yarmi), Kipr (1878), Birma (1885), Iroq, Falastin, Transiordaniya, Tanganika, Togo va Kamerunning bir qismi (1914—18) va boshqalar kirgan edi. XX asrda mustamlaka tizimining parchalanishi jarayonida Britaniya imperiyasi oʻrnida imperiyadan ajralib chiqqan mamlakatlar ittifoqi — Britaniya millatlar hamdoʻstligi tushunchasi paydo boʻldi. (Davomi...)

Eʼtiborga loyiq maqola
Equation illustration.svg

Tenglama — ikki yoki undan oshiq ifodalarning oʻzaro bogʻlanganini koʻrsatuvchi matematik tenglik. Tenglamalardan matematikaning barcha nazariy va amaliy sohalarida hamda fizika, biologiya va boshqa ijtimoiy fanlarda qoʻllaniladi.

Tenglamada bir yoki undan koʻp nomaʼlum qiymat boʻladi va ular oʻzgaruvchilar yoki nomaʼlumlar deb ataladi. Nomaʼlumlar odatda harflar yoki boshqa beglilar bilan ifodalanadi.

Tenglamalar ulardagi oʻzgaruvchilar soniga qarab nomlanadi. Masalan, bir oʻzgaruvchili tenglama, ikki oʻzgaruvchili tenglama, va hokazo.

Tenglamada ifodalar odatda tenglik belgisining (=) ikki tomoniga yoziladi. Masalan, x + 3 = 5 tenglamasi x+3 ifodasi 5 ga teng ekanligini taʼkidlaydi. Tenglik belgisini (=) Shotlandiyalik matematik Robert Recorde (1510-1558) oʻylab topgan. U ikki bir xil uzunlikdagi parallel toʻgʻri chiziqlardan tengroq narsa boʻlmaydi deb hisoblagan. (Davomi...)

Yangiliklar
Margaret Thatcher

Oʻzgartirish

Bilasizmi,…
Bill Gates


Vikipediyaning 1 000 000 dan ortiq maqolalari mavjud boʻlimlari
Ingliz (English) · Olmon (Deutsch) · Fransuz (Français) · Niderland (Nederlands) · Italyan (Italiano)
Vikipediyaning 500 000 dan ortiq maqolalari mavjud boʻlimlari
Ispan (Español) · Polyak (Polski) · Portugal (Português) · Rus (Русская) · Yapon (日本語) · Xitoy (中文) · Shved (Svenska) · Vyetnam (Tiếng Việt)

 

Qarindosh loyihalar

Ochiq Vikipediya Wikimedia Foundation notijorat tashkiloti tomonidan yaratilgan bo‘lib, ushbu tashkilot yana quyidagi ochiq loyihalarni boshqaradi:

Wiktionary
Lug‘at va tezaurus
Wikibooks
Ochiq kitoblar va qo‘llanmalar
Wikiquote
Iqtiboslar to‘plami
Wikisource
Ochiq kutubxona
Wikispecies
Biologik turlar katalogi
Wikinews
Ochiq yangiliklar
Commons
Medialar ombori
Meta-Wiki
Wikimedia loyihasi koordinatsiyasi