Bosh Sahifa
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tanlangan maqola |
Halab (arab. حَلَبُ, yunon. Αλέππο, Βέροια, lot. Beroea) — Suriyaning eng katta shahri, Halab muhofazasining markazi. Aholisi 2 301 570 kishi (2005) boʻlgan Halab Levantning eng katta shaharlaridan biridir. Halab koʻp asrlar davomida Buyuk Suriyaning eng yirik shaharlaridan biri va Usmonli imperiyasida Konstantinopol va Qohiradan keyin uchinchi katta shahar boʻlgan. Halab dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biridir; ayrim manbalarga qaraganda unga eramizdan avvalgi 6-ming yillikda asos solingan. Halab janubidagi qazilmalar unda eramizdan avvalgi 3-ming yillikda odamlar gavjum yashaganini koʻrsatadi. Halab shuningdek Mesopotamiyadan qolgan mix yozuvlarda tijoriy va harbiy rivojlangan shahar deya eslatiladi. Uning bu qadar uzoq tarixi ehtimol shahar Oʻrta Yer dengizi va Mesopotamiya orasidagi strategik savdo yoʻlida joylashgani tufaylidir. (Davomi...)
|
Eʼtiborga loyiq maqola |
Taymazov Artur Borisovich kelib chiqishi osetin boʻlgan oʻzbekistonlik erkin kurashchidir. 1979-yil 20-iyulda Shimoliy Osetiyaning Nogir qishlogʻida tugʻilgan Taymazov bugungi kunda Toshkentning “Dinamo” klubi aʼzosi. U uch karra Olimpiada chempioni (2004, 2008 va 2012), Sidney-2000 Olimpiadasi kumush medal sovrindori, ikki karra jahon chempioni, ikki karra Osiyo chempioni, uch karra Osiyo O‘yinlari g‘olibidir. 2004-yil Shimoliy Osetiya Davlat universitetini tamlomlagan. Artur Taymazov sportning erkin kurash turi boʻyicha Oʻzbekiston sharafini xalqaro arenalarda munosib himoya qilayotgan ishonchli sportchilardan biri. Oʻzbekiston Olimpiya tarixida qoʻlga kiritilgan 6 ta oltin medaldan 3 tasining egasi. (Davomi...)
|
|
|
|
Qarindosh loyihalar
Ochiq Vikipediya Wikimedia Foundation notijorat tashkiloti tomonidan yaratilgan bo‘lib, ushbu tashkilot yana quyidagi ochiq loyihalarni boshqaradi:
|